Qipchoqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Koʻp maʼnoli sahifalarga ishoratlar
Qator 1:
[[Fayl:Kievan-rus-1015-1113.png|thumb]]{{Maʼnolari|Qipchoqlar (maʼnolari)}}'''Qipchoqlar''' yoki '''Polovetslar<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>''' (rus manbalarida — polovetslar, Vizantiya manbalarida — kumanlar) — [[Turkiy xalqlar|turkiy]] xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri; oʻzbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy komponentlardan biri. Q. nafaqat oʻzbek xalqi entogenezida, balki qator boshqa turkiy xalqlar — qozoqlar, qirgizlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, tatarlar, boshqirdlar, oltoyliklar va Shim.
[[Fayl:Kievan-rus-1015-1113.png|thumb]]
'''Qipchoqlar''' yoki '''Polovetslar<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>''' (rus manbalarida — polovetslar, Vizantiya manbalarida — kumanlar) — [[Turkiy xalqlar|turkiy]] xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri; oʻzbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy komponentlardan biri. Q. nafaqat oʻzbek xalqi entogenezida, balki qator boshqa turkiy xalqlar — qozoqlar, qirgizlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, tatarlar, boshqirdlar, oltoyliklar va Shim.
 
Kavkazdagi ayrim xalqlar (noʻgʻoylar, qoʻmiqlar, qorachoylar va boshqalar) shakllanishida muhim rol oʻynagan. Q.ga xos etnik belgilar usmonli turklar, vengerlar va boshqa qator xalqlar tarkibida ham mavjud. q. [[mil]]. av. 3-asr — [[mil]]. 4-asrda Shim.-Gʻarbiy Oltoyda yashaganlar. Q.ning ilk ajdodlaridan bir qismi 6-asrda Gʻarbiy Oltoydan chiqib, hozirgi Moʻgʻuliston va Tuva yerlariga kelib oʻrnashadilar. 2-qismi esa Irtish daryosi yaqinidagi dashtlarga koʻchib oʻtib, kimaklarga tobe boʻlgan. 8—12-asrlarga kelib Q. Dashti Qipchoq choʻllarida yashagan paytlarida ularning tarkibiga til jihatdan qarindosh boʻlgan koʻplab etnik guruhlar kelib qoʻshilgan. 8—9-asrlarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning siyosiy va etnik xaritasida jiddiy oʻzgarishlar yuz bergan. 10-asrning oxiri — 11-asr boshlarida gʻarbiy qipchoqlar, kimaklar Markaziy va Gʻarbiy Qozogʻiston hududidagi boshqa qabilalarni hamda Uralboʻyi va Volganing oʻrta oqimidagi turkiylashgan ugor-fin qabilalarini ham oʻzlarining tarkibiga kiritganlar. Shunday qilib, gʻarbiy qipchoqlar 11-asrda Ural va Volganing oʻrta oqimida yashovchi yirik etnosiyosiy uyushmaga aylandi. 13 —14-asrlarda Dashti Qipchoqdan koʻplab qipchoq qabila va urugʻlarining koʻchib ketishlariga qaramay qipchoqlarning asosiy qismi bu yerda qolib, Oltin Urda aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Ular madaniy taraqqiyoti darajasiga koʻra oʻzlarining hukmdorlari hisoblangan moʻgʻullardan yuqori darajada boʻlgan. Oltin Oʻrda xonlarining boshqaruv tizimida qipchoq-oʻguz lahjasiga asoslangan adabiy til yetakchi mavqeni egallar edi.