Litva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Rtfroot (munozara | hissa)
Qator 45:
 
==Aholisi==
Aholisining 81% litvalar, shuningdek, ruslar, polyaklar, beloruslarbelaruslar ham yashaydi. Rasmiy til — litva tili. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 68,5%. Yirik shaharlari: Vilnyus, Kaunas, Klaypeda, Shyaulay.
 
==Tarixi==
Litva hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar bu yerda odam tosh asridan yashab kelayotganini koʻrsatadi. Aholi oʻsha davrda urugʻ jamoalari tarzida yashagan, temirchilik, ovchilik va balikqchilik bilan shutullangan. Mil. boshlarida yirik kabila va kabila uyushmalari (jemaytlar, yatvyaglar va boshqalar) ajralib chiqa boshladi. 5—6-asrlarda jamoalar yemirilib, sinfiy tabaqalanish boshlandi. 9— 10-asrlardan xunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari avj oldi. 10—12-asrlarda Litva hududida Deltuva, Karshuva, Letuva va boshqa knyazliklar paydo boʻldi. 1240-yilda Buyuk Litva knyazligi vujudga keldi. 13-asrdan L.ga ne-mis ritsarlarining bosqinchilik yurishlari boshlandi. 200 yil davomida Litva bilan nemis ritsarlari oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1236-yil nemis ritsarlari Saule yonida magʻlubiyatga uchradi. 1260-yil Litva qoʻshinlari nemis salibchilari ustidan Durbe koʻli yaqinida boʻlib oʻtgan jangda gʻalaba qozonib, Livon hamda Tevton ordenlarining bosqinchilik yurishlarini vaqtincha toʻxtatdi. 13-asr oʻrtalarida rus yerlarining feodal tarqoqligidan foydalanib, Litva knyazlari belorusbelarus, ukrain, rus yerlarini qoʻshib oldi. Gedi-min, Olgerd va Keystut knyazliklari davrida Buyuk Litva knyazligi ancha kengaydi. 14-asr oʻrtalarida Minsk, Sharqiy Volin, Podolye, Kiyev L.ga koʻshildi. Knyaz Vitovt Dnepr va Dnestr oraligʻidagi Qora dengizgacha boʻlgan yerlarni qoʻshib oldi. Bu davrga kelib Litva Sharqiy Yevropada eng yirik davlatga aylandi. 1340—1410-yillarda Tevton va Livon ordenlari yana hujumga oʻtdi, Sterva daryosi (1348) va Kaunas (1362) yonida yirik janglar boʻldi. 1401—09 yillarda salibchilarga karshi jemaytlar qoʻzgʻo-lon koʻtardi. Ichki va tashqi kurash sha-roitida Litva Polsha bilan Krevo ittifoqini tuzdi (1386). 1410-yil 15-iyulda Litva va Polsha qoʻshinlari Gryunvald jangida (1410) Tevton ordeni ustidan gʻa-laba qozondi. 1435-yil Sventa yaqinida magʻlubiyatga uchragan Livon ordeni ham oʻz bosqinchilik yurishlarini toʻxtatdi.
 
14-asr 2-yarmidan shaharlarda xunarmandchilik, keramika, oyna ishlab chiqarish, zargarlik rivoj topdi. Kaunas, Trakay va boshqa shaharlarda qasrlar qurildi. 15-asr oʻrtalarida Buyuk knyazlar kengashi asta-sekin Panlar radasiga aylandi. 16-asrdan Panlar radasi va seym davlat hokimiyatining asosiy organlari boʻlib qoldi.
Qator 54:
1558-yil Rossiya bilan Livoniya urushi boshlandi. Bu urush Litva uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Litva hukmron doiralari Rossiyaga qarshi urushda yordam olish niyatida Polsha bilan yaqin aloqa oʻrnatdi. 1569-yil Lyublin ittifoqi tuzilib, Polsha bilan Litva Rech Pospolita davlatiga birlashdi.
 
1654—67 yillari rus qoʻshinlari Litvaning sharqiy qismini, 1655-yil Vilnyus va Kaunas shaharlarini bosib oldi. 1667-yil Smolensk yaqinida Rech Pospolita va Rossiya oʻrtasida Andrusov sulhi imzolandi (BelorussiyaBelarus yerlari va Ukrainaning Dnepr daryosi oʻng qirgʻoq tomonidagi yerlar Litva tarkibida qoldi). Shimoliy urush (1700—21) yillarida Rech Pospolita Rossiyaning it-tifoqsoshi boʻldi. 17—18-asrlarda Rech Pospolita siyosiy inqirozga uchradi va 1772,1793, 1795-yillarda Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi. Litva Rossiyaga qoʻshildi. 19-asr 2-yarmida podsho hukumati Litvada millatchilik siyosatini kuchaytirdi. Oʻlkada milliy ozodlik harakati boshlandi. 1888-yil Vilnyusda Litva kasaba uyushma harakatiga asos solgan Oʻzaro yordam kassasi va Litva sotsial-demokratiyasi tashkil topdi.l-jahon urushi yillarida Litva xududi harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1915-yil kuzida Litva hududini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1918-yil 16-fevralda Litva davlatining mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil dekabrda Litva hududining katta qismida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va 1919-yil fevralda Litva-BelorussiyaBelarus shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1919-yil avgustda nemis qoʻshinlarining hujumidan soʻng Qizil Armiya boʻlin-malari Litvadan chiqib ketishga majbur boʻldilar. 1920-yil Litva bilan RSFSR oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, shoʻro hukumati Litva mustaqilligini tan oldi. 1940-yil iyunda Litva hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. 1940-yil iyulda Xalq Seymiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 1940-yil 21-iyulda Litva shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1941-yilda L.ni nemis-fashist qoʻshinlari bosib oldi, 1944-yil iyul —1945-yil yanvarda shoʻro armiyasi tomonidan ozod qilindi. 1990-yil 11-martda respublika Oliy Kengashi Litva davlatini qayta tiklash haqidagi hujjatni qabul qildi va mamlakat Litva Respublikasi deb atala boshladi. 1990-yil mayda Litva Oliy Kengashi L.ning davlat mustaqilligi haqidagi deklaratsiyami qabul qildi. Litva 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 5-avgustda OʻzR bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 16-fevral — Litva davlati kayta tiklangan kun (1918).
 
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Litva demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan, 1902—20 yillarda shu nomda faoliyat koʻrsatgan partiyaning vorisi; Litva sotsial-demokratik partiyasi, 2001-yilda asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993-yilda tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992-yilda tuzilgan; Litva xristian demokratik partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Litva erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan.
Qator 74:
Transportining asosiy turlari — temir yoʻl va avtomobil transporti. Litva uz. 3 ming km. Avtomobil yoʻllari uz. 44,5 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 80%. 1986-yildan Klaypeda — Mukran (Germaniya) solda kechuv yoʻli ishlay boshladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 374 ming t dedveyt (1992). Asosiy dengiz porti — Klaypeda, daryo porti — Kaunas. Vilnyus aeroporti xorijiy mamlakatlarning 65 shahari bilan bogʻlangan.
 
Litva chetga mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, xom ashyo oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Germaniya, Polsha, BelorussiyaBelarus, Latviya, Estoniya va Skandinaviya mam-lakatlari. Pul birligi — lit.
 
==Tibbiy xizmati==