Kalla suyagi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Wikified
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Téviec Crane Profil Droit II.jpg|thumb|167x167px|inson bosh suyagi]]
'''Kalla suyagi''', '''bosh skeleti''' — umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi — burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.
[[Fayl:Human skull side bones numbered.svg|thumb|248x248px]]
[[Fayl:Human skull front simplified.PNG|thumb]]
'''Kalla suyagi''', '''bosh skeleti''' ({{lang-la|cranium}}) — umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi — burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.
 
Kalla suyagi ning miya boʻlimi tepa tomondan kalla qopqogʻi bilan chegaralangan boʻlib, ichida bosh miya joylashadigan kalla boʻshligʻidan iborat. Kalla boʻshligʻi umurtqa kanalining kengaygan uchi boʻlib, u yerda bosh miya pardalarga oʻralgan holda joylashgan. Kalla tubidagi teshiklar orqali nervlar (koʻruv, hidlov, uchlik, yuz, eshituv nervlari va b.) va qon tomirlari (uyqu arteriyalari, boʻyinturuq venalari) oʻtadi. Chakka suyagida oʻrta quloq boʻshligʻi va ichki quloq bor. Kalla suyagi ning oʻrtasi asosidagi turk egarida gipofiz yotadi. Ensa suyagida uzunchoq miya joylashgan. Kalla suyagi asosidagi eng katta teshik — ensa t ye sh i g i orqali uzunchoq miya orqa miyaga tushadi.