Qadimgi turkiy yozuvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
k Rtfroot Urxun-Yenisey yozuvi sahifasini Qadimgi turkiy yozuviga koʻchirdi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Bilge Khagan inscription lines 36-40 in original Old Turkic script.svg|thumb]]
[[Fayl:Kyzyl orkhon inscription.jpg|thumb]]
'''Qadimgi turkiy yozuvi (Urxun-yenisey yozuvi)''' yoki '''Qadimgi turk [[Runik yozuv|runik]] yozuvi''' — tosh, [[metall]], [[yogʻoch]] va boshqa ga oʻyib bitilgan [[qadimgi turkiy tillar|qad. turkiy]] [[yozuv]]lar. 5—8-asr (baʼzi manbalarda 8—10-asr)larga mansub. Urxun va [[Yenisey]] [[daryo havzasi|daryolari havzalari]]dan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan [[gotlar|got]] (qad. [[germanlar|german]]) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun [[runik yozuv]] deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. haqida dastlab 18-asrning boshlarida [[ruslar|rus]] [[olim]]i S. Remezov, keyinroq [[shvedlar|shved]] olimi F. Stralenberg xamda [[olmonlar|nemis]] olimi D.G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning [[turkiy xalqlar|turkiy xalklar]]ga mansubligini birinchi marta [[fransuzlar|fransuz]] olimi J.P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N.M. Yadrinsev va 1891-yil V.V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yil 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-Yenisey yozuviyo. matnlarini birinchi boʻlib [[daniyaliklar|daniyalik]] [[tilshunos]] [[Tomsen Vilgelm Lyudvig|V. Tomsen]] oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-yil noyab). V. Tomsendan soʻng [[Radlov Vasiliy Vasilyevich|V. V. Radlov]] turk shahzodasi [[Kultegin]] (8-asr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.
 
Urxun-Yenisey yozuviyo.ning kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va paxlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi.