Qoʻqon xonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 3-4 ta shaharlarning ustiga havola qo'yib chiqdim.
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 135:
Qo'qon xonligida quyidagi mansablar mavjud boʻlgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozi-kalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik ogʻasi, inoq, shigʻovul, toʻqsoba, miroxur, qora-vulbegi va boshqa
 
Qo'qon xonligida mavjud boʻlgan harbiy unvonlar quyidagicha boʻlgan: mingboshi – odatda
, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi, zambarakchi va boshqa Bulardan tashqari, boshqa harbiy mansablar ham boʻlgan. Qoʻqonda yashagan sarboz va toʻpchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida boʻlganlar. Urush davrida noib, dodxoh oʻz qismiga hara-katdagi qoʻshinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh qoʻmondon)ga topshirardi.
 
19-asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning soʻl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qoʻqon viloyati; Sirdaryoning oʻng sohilidan to Olatovgacha boʻlgan Namangan viloyati; Xoʻjand shahri; Xoʻjand bilan Toshkent orali-gʻidagi Oʻratepa viloyati. Xonlikning eng shim. viloyati Turkiston, Betpaq-dala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻidagi yerlar kirardi. Billurtogʻning gʻarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Koʻlob, Shugʻnon singari bir qator togʻli tumanlar ham Qo'qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qoʻqonliklar 19-asrning 30-yillarida boʻysundirishgan boʻlsa-da, ular tez-tez qoʻldan-qoʻlga, koʻproq Buxoro amiri ixtiyoriga oʻtib turardi.
 
== Axolisi ==
Qo'qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Chorizm qoʻshinlari uning shim.gʻarbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Fargʻona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib qoladi.