Kamerun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
kTahrir izohi yoʻq
Qator 39:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼri-fiy muassasalari ==
6—12 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Taʼlim Sharqiy Kamerunda fransuz, Gʻarbiy Kamerunda ingliz tilida olib boriladi. Bolalarning 85% oʻqishga jalb etilgan. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. Hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Yaunde universiteti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy qishloq xoʻjaligi kolleji, Milliy maʼmuriy maktab, Milliy sport instituti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassasalari: Ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), Fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga koʻmaklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini oʻrganish mintaqa ilmiy tadqiqot markazi, Qishloq xoʻjaligi tadqiqot intiinstituti, Demografiya tadqiqotlari instituti, Geogr. milliy instituti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), Paxta instituti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy arxiv (1952), Yaunde universiteti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, Yaundedagi milliy kutubxona, Demografiya tadqiqotlari institutining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy Kamerun xalqlari sanʼati muzeyi, Bafusamda bamilike sanʼati muzeyi, Fumbanda bamum sanʼati muzeyi bor .
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==