Vaqt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 14:
Fizikada V.ni oʻlchash oʻrganiladigan jarayonlarga tezligi yoki takrorlanish davri maʼlum boshqa jarayonlarni taqqoslashga asoslangan. Katta V. oraliqlari, mas., mln. va mlrd. yillar bilan oʻlchanadigan osmon jismlarining yoshi ularning tarkibiga (vodorod va geliy miqdoriga) qarab aniqlanadi. Kichikroq vaqt oraligʻi — sutka, soat, minut va sekund turli soatlar yordamida oʻlchanadi. Ilgari quyosh soati, suv soati va qum soatlar qoʻllanilgan. Xozir V.ni juda aniq oʻlchashga imkon beradigan mayatnikli, kvars va elektron soatlar ishlatiladi. V.ning juda kichik ulushlari (mas., 0,2—0,01 sek.) boshqa usullar bilan oʻlchanadi. Mas., portlash reaksiyalari sekundning yuzlarcha va minglarcha ulushi davomida oʻtadi. Bunday jarayonlar ossillograf bilan qayd qilinadi. Baʼzan atom va yadro jarayonlari sekundning mln. va mlrd. ulushlari ichida oʻtadi. Aniq V. astronomiya rasadxonalarining vaqt xizmatlarida maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib aniqlanadi, juda aniq yuradigan soatlar yordamida "saqlanadi" va radiosignallar yordamida tarqatiladi. V.ning katta boʻlaklarini oʻlchash uchun yil birligiga asoslangan taqvim qoʻllaniladi.
 
Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan 20-asr 60-y.larida astronomik kuzatuvlarga bogʻliq boʻlmagan butunlay yangi vaqtni oʻlchash tizimi paydo boʻldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanish ga asoslanadi. V.ni oʻlchashning bu tizimi atom vakti nomini oddi va TA /deb belgilandi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Uning qiymati seziy 133 atomidagi energiya oʻtishlaridan birining rezonans chastotasi yordamida aniqlanadi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq V. radiosignallarini berib turadi. TA vakt sekundlari davomiyligi har yili astronomik kuzatuvlar yordamida nazorat qilinadi. V.ni oʻlchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari idorasi Parijda joylashgan Xalqaro vaqt byurosi "Axborotlari"da eʼlon qilib boriladi. Oʻzbekistan FA. Astronomiya in-tidainstitutida ham vaqt xizmati bilan shugʻullaniladi (qarang Astronomiya instituti, Vakt xizmati).
 
== Adabiyotlar ==