Baqtriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Turkum:Baqtriya qoʻshildi (HotCat)
k (via JWB)
Qator 4:
Asosan hozirgi [[Oʻzbekiston]] va [[Tojikiston]]ning jan. viloyatlari hamda [[Afgʻoniston]]ning shim. qismini oʻz ichiga olgan. Shim.da Sugʻd, jan.da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Ma-rgʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. B. miloddan avvalgi 6—4-asrlarda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi 3-asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi 2-asrda toharlar tomonidan bosib olingach, [[Toxariston]] deb atala boshlagan.
 
B.da dastlabki arxeologik tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Shim. B. hududida 1926 — 28-yillarda Sharq madaniyati muzeyi (hozirgi Sharqxalqlari sanʼati muzeyi) ekspeditsiyasi (rahbari B. P. Denike). 1936 — 38-yillarda Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi (rahbari M. Ye. Massoy), 1953 — 54-yillarda Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi (rahbari M. M. Dyakonov), 1950 — 55-yillari Oʻzbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadi (rahbari L. I. Albaum) arxeologi k kazish ishlari olib borgan. 1960-yildan (bir oz tanaffus bilan) Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (rahbari G. A. Pugachenkova), 1972-yildan Oʻzbekiston FAFanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi (raxbari V. M. Massoy) arxeologik tadqiqotlarni davom ettirdi. Jan. B. hududi (Shim. Afgʻoniston)da fransuz arxeologlari — R. Girshman (1936 - 41), D. Shlumberje (1945 - 64), P. Bernar (1964 — 78), shuningdek sobiq Ittifoq-Afgon ekspeditsiyasi (1970 — 78; I. T. Krutikova, V. I. Sarianidi, G. A. Pugachenkova, R. Sulaymonov, Sh. Pidayev, Z. Hakimov, V. N. Yagodin va boshqalar) qazish ishlari olib borgan.
 
Avesto, Bihistun kitobalari, Nakshi Rustamdagi kitobalar hamda qad. B. Oʻzbekistonda dehqonchilik madaniyati taraqqiy etgan va ilk davlat tuzumi vujudga kslgan qad. markazlardan biri. Bu yerda miloddan avvalgi 2 ming yillikniig 1-yarmidayoq oʻtroq dehqonchilik madaniyati mavjud boʻlganligi arxeologik materiallar bilan isbotlangan. B.ning oʻtmishda "Ming bir shahar mamlakati" deb atalganligi unda shaharlarning koʻp boʻlganligidan guvoxlik beradi. Surxoidaryoning jan. tumanlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida koʻplab shahar harobalari topilgan (qarang Ayritom, Dalvarzintepa, [[Termiz]], Xolchayon va boshqalar).