Belgrad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 3:
B. toʻgʻrisidagi dastlabki tarixiy maʼlumot miloddan avvalgi 4 — 3-asrlarga tegishli, uni keltlar Singidunum deb atashgan. Shahar qulay geografik oʻringa ega boʻlganligi sababli u oʻtmishda juda kup marta qoʻddanqoʻlga oʻgib kelgan. Miloddan avvalgi 33 yildan boshlab u deyarli yetti asr davomida Rim imperiyasi tasarrufida boʻlib kelgan. 9-asrdan B. serbcha Beograd ("Oq shahar") nomi bilan maʼlum; 11-asrdan Makedoniya podshohligi, soʻngra Vizantiya imperiyasi tarkibida. 12 — 14-asrlardan B. goh Vengriya, goh Vizantiya tasarrufida, 15-asrdan u yana serblarga oʻtib turdi. 1521-yildan shahar turklar — Usmonlilar saltanati qoʻl ostida boʻlgan va "Dorul Al-Shahad", yaʼni "Qutlugʻ urush shahri" deb atalgan. 1806-yil Serbiya knyazligining poytaxtiga aylandi. 1813 — 67 yillarda yana Turkiya tarkibida, Birinchi jahon urushi yillarida Avstriya qoʻli ostida boʻldi. Urushdan soʻng (1918-yildan) Serb, xorvat va slovenlar kirolligi(1929-yildan Yugoslaviya)ning poytaxti, Ikkinchi jahon urushi arafasida Yevropaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. B. 1944-yil 20-oktabrda nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945-yildan YUXFR, 1963 92 yillarda YUSFR poytaxti.
 
B. Serbiyaning eng yirik iqtisodiy markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. B. va uning atrofida koʻplab sanoat korxonasi, jumladan metallsozlik, mashinasozlik (transport va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika va motorsozlik), kimyo, toʻqimachilik (asosan jun gazlama), oynasozlik va yogʻochsozlik, oziq-ovqat (un tortish, goʻsht konserva, shakarkdnr), poligrafiya sanoata va boshqa bor. Anʼanaviy hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. B. sanoat korxonalari asosan Dunay daryosining oʻng sohilida va shahar atrofida joylashgan. B.ning tarixiy qismida qad. yodgorliklardan oʻrta asr Kalemagdan qalʼasi qoldiqlari, Bayroqli Jomiya masjidi va shayx Mustafo maqbarasi (1690), Dositey Obradovich litseyi (18-asr oʻrtalari), knyaz Lyubitsi uyi (1829 — 36) va boshqa saqlangan. 1892-yilda Serbiya Fanlar akademiyasi, 1905-yilda universitet tashkil etilgan. B.ning markaziy qismida 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida qurilgan binolardan Xalq teatri, Eski saroy, Teraziye maydoni ansambli va boshqa mavjud. B.da Xalq muzeyi (tarix, arxeologiya, etn. yodgorliklari, Yugoslaviya va chet mamlakatlar sanʼati namunalari), Zamonaviy sanʼat muzeyi, Shahar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Etnografiya muzeyi, Belgrad shahri rasmlar galereyasi, hayvonot bogʻi bor. 1950 — 80-y.lardayillarda koʻplab zamonaviy uy-joylar (Yangi Belgrad rayoni) qurilgan.
 
== Adabiyotlar ==