Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.6
k (via JWB)
Qator 12:
Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Birlashgan Qirollik qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.
 
Birlashgan Qirollikda moʻʼtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Janubi-gʻarbida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shimoli-gʻarbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimoliyda iyulning oʻrtacha temperaturasi 13°, janubi-sharqda 16,5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18° gachatushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va kishda bir oz koʻproq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Janubi-sharqda 600-750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; kuz va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim .da togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-gʻarbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shimolida tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), janubida keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. Oʻrmonlar Birlashgan Qirollik maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud.
 
Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.
Qator 43:
Birlashgan Qirollik laruzunligi 32 ming km. Asosiy temir yoʻl uzeli — London; undan 11 tomonga temir yoʻl ketgan. Birlashgan Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2oʻrinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1oʻrinda. 368,8 ming km avtomobil yoʻli bor (1990-yillar oxirlari). Yoʻlovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va boshqa
 
Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmogʻi beradi. Birlashgan Qirollik chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, poʻlat, toshkoʻmir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — funt sterling .
 
Tibbiy xizmatn. Birlashgan Qirollik sogʻliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi (1990-yillar oʻrtalari). Kasalxonalarda pulli oʻrin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Birlashgan Qirollikda Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor.