Boks: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.5
k (via JWB)
 
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Boks''' (ing . box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. B. tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy B. vatani Angliyadir (16—17-asrlar). B.ning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946-yil asos solingan) 160 mamlakat aʼzo (1999). B. 1904-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974-yildan jahon chempionati, 1979-yildan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.
 
B. musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6x6 m oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. B.chilar ogʻirligi 270 g (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan B.chi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan B.chining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.
Qator 12:
Oʻzbekistonda keyingi yillarda shaxsan Prezident Islom Karimovning sportga qaratgan eʼtibori natijasida B. jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi B. federatsiyasi 1993-yildan AIBA aʼzosi. Mamlakatda 4 olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti va oʻnlab bolalaroʻsmirlar sport maktabida yoshlarga B.sirlari oʻrgatilmoqda. 20 dan ziyod zamonaviy B. zallari shugʻullanuvchilar ixtiyorida. B. milliy terma jamoasi 1999-yil jahon chempionatida faxrli 3oʻrinni egalladi. Oʻzbekistonning R.Risqiyev, ʼ.Shin, N.Anfimov, G.Ilyosov, M.Abdullayev, Oʻ.Xaydarov, R. Chagayev, T. Toʻlyakov, L. Zokirov, N. Otayev, T.Turgʻunov, H. Ahmedov, K. Toʻlaganov, R. Saidov, S. Mixaylov, D. Yorbekov, DAvezboyev kabi B.chilari katta yutuklarga erishgan.
 
Jahonda professional B.chilar (B.ni kasbga aylantirganlar) oʻrtasida toʻrtta yoʻnalish boʻyicha musobaqalar utkaziladi. Ularni jahon B. kengashi (WBC), jahon B. assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro B. federatsiyasi (IBF) va jahon B. tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional B.da qoʻlqoplar birmuncha yengil — taxminan 227 g (8 unsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta boʻladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450&nbsp;kg gacha va 88,450&nbsp;kg .dan yuqori) tashkil etiladi. U. Pep, S. Liston, MuhammadA/sh, J. Formen, M. Tayson, E. Xolifild (AQSH), L. Lyuis (Buyuk Britaniya) kabi professional B.chilarning nomlari mashhur.
 
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ham ilk professional B.chilar yetishib chikdi: toshkentlik B.chi A. Grigoryan oʻz vazn toifasida 13-marta jahon chempioni boʻldi (2000 i.).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>