Bolqon urushlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 1:
'''Bolqon urushlari''' — Bolqon yarim orolda 1912—13 yillarda boʻlib oʻtgan ikki urush. Birinchi Bolqon urushi (1912-yil 9-oktabr — 1913-yil 30-may) Bolqon ittifoqi (Bolgariya, Serbiya, Gresiya, Chernogoriya) bilan Turkiya oʻrtasidagi urush. London sulh shartnomasi (1913-yil 13-may) ga koʻra, magʻlub Turkiya Istanbul va Sharqiy Frakiyaning bir qismidan boshqa Bolqondagi barcha mulklaridan mahrum boʻlgan.
 
Ikkinchi Bolqon urushi (1913-yil 29-iyun — 10-avgust) — Bolgariyani Serbiya, Chernogoriya, Gresiya va ularga qoʻshilgan Ruminiya va Turkiyaga qarshi urushi. Urush Bolgariyaning magʻlubiyati bilan tugadi. Buharest sulh shartnomasiga (1913-yil avgust) koʻra, Bolgariya Ruminiyaga Jan.Janubiy Dobruja, Gresiyaga Makedoniyaning janubiy qismini va Gʻarbiy Frakiyaning bir qismini, Serbiyaga Makedoniya shim. kismining deyarli hammasini berishga, Turkiyaga Adrianopol (Adirna) ni qaytarishga majbur boʻldi. Bolqon urushlari xalqaro ziddiyatlarning keskinlashuviga, 1914—18 yillardagi [[Birinchi jahon urushi]]ning tezlashuviga yoʻl ochib berdi.
 
== Adabiyotlar ==