Imom al-Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k (via JWB)
Qator 1:
{{Islom ulamolari
| sohasi = [[Hadis]]
| davri =
| color = #B0C4DE
| tasvir =
| tasvir_izohi =
| ismi = Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy
| tavalludi = {{birth date|810|7|19}}, [[Buxoro]]
| vafoti = {{death date and age|870|9|1|810|7|19}}, [[Samarqand]]
Qator 31:
Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha [[madrasa]] va dorilfununlarida paygʻambar (as) sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi el-yurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Vazirlar Mahkamasining]] „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi.
 
Alloma abadiy qoʻnim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlogʻida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang [[Buxoriy yodgorlik majmui]]). Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida [[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti]] [[Islom Karimov|Islom Karimovning]] tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1998-yil 4 noyab.noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamgʻarmaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „al-Jome as-sahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar oʻtkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamgʻarma oʻzining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy [[Imom al-Buxoriy saboqlari|„Imom alBuxoriy saboqlari“]] jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-maʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sogʻlom idrok etilishiga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
 
Oʻzbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. [[Toshkent islom instituti|Toshkent Islom institutiga]] Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bagʻishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.VA u vafot etagldi
 
== Asarlar ==
* [[Al-Adab al-Mufrad]] (Adab durdonalari), T., 1990;
* Hadis [AlJomi’ assahih], 1—4 j.lar (2nashri), T., 1997.