Evolutsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.6
k (via JWB)
Qator 9:
[[Tur (biologiya)|Turlarning]] bir taʼrifi ularni oʻzaro qoʻshilib, nasldor avlod qoldira oladigan organizmlar guruhidir, deydi. Biroq, turlar [[reproduktiv izolatsiya|oʻzaro koʻpayishdan xoli]] guruhlarga ajralganida, mutatsiya, genetik dreyf va yangi belgilarning tabiiy tanlanishi avlodlar davomida farqlar yigʻilishiga va [[turlanish (biologiya)|yangi turlar]] paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Organizmlar orasidagi oʻxshashliklar ular shunday jarayon orqali [[umumiy ajdod]]dan (yoki umumiy genofonddan) kelib chiqqanligidan guvohlik beradi.
 
Yerdagi turlarning vaqt oʻtishi bilan oʻzgargani [[19-asr]] boshlaridayoq maʼlum boʻlsa-da, bu qanday qilib yuz bergani noaniq edi.<ref>{{maqola|muallif=Peter J. Bowler|sarlavha=Evolution:The History of an Idea|noshir=University of California Press|yil=2003|isbn=0-52023693-9}}</ref> Evolutsiyaning tabiiy tanlanish vositasida roʻy berishi haqidagi nazariya shu oʻzgarishlar yuz berishi mexanizmini izohlab berdi; bu [[Charles Darwin]] va [[Alfred Russel Wallace]] tomonidan oʻrtaga tashlangandi va Darwin'ning 1859-yilda yozilgan ''[[Turlarning kelib chiqishi haqida]]'' kitobida yoritilgandi.<ref name=Darwin>{{maqola|muallif = Charles Darwin |yil=1859 |sarlavha=On the Origin of Species |joy=London |noshir=John Murray}} [http://darwin-online.org.uk/content/frameset?itemID=F373&viewtype=text&pageseq=16]</ref> Bu nazariya odamlar [[ilohiyot|ilohiy]] kuch tomonidan hayvonot [[olam (biologiya)|olamidan]] ajratilganiga ishonuvchi diniy peshvolar qarshiligiga uchradi. 1930-larda Darwin tabiiy tanlanishi [[Gregor Mendel|Mendel'ning]] [[Mendel nasldorligi|nasldorlik nazariyasi]] bilan qoʻshilib, [[zamonaviy evolutsion sintez]] shakllandi; u evolutsiya ''birliklari'' ([[gen]]lar) va ''mexanizmi'' (tabiiy tanlanish) orasida aloqa oʻrnatdi. Bu nazariya koʻp narsani izohlovchi va [[bashorat]] qila oluvchi boʻlib chiqib, zamonaviy biologiyaning asosiy tashkillashtiruvchi prinsipiga aylandi va [[Yer]]dagi hayot shakllari orasidagi farq va oʻxshashliklarni tushuntirib bera old.Evolutsiya eng avvalo insonlar va barcha tirik organizmlaring kelib chiqish tarixini oʻrganadi. Evolutsiya faqatgina tirik organizmlarda balki barcha narsalarni kelib chiqish jarayonini oʻrganadi.
 
== Shuningdek qarang ==