Farnak II: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 1:
'''Farnak II''' (? — miloddan avvalgi 47) — Bospor podshosi (miloddan avvalgi 63 yildan). Shoh Mitridat VI Yevpatorning oʻgʻli. Rim bilan urush chogʻida F. II .otasiga xiyonat qilib, Rim sarkardasi Pompei bilan ittifoq tuzgan va Bospor davlatining katta qismida (Fanagoriyadan tashqari) oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 49—48 yillarda Pompei bilan Yuliy Sezar (Misrda edi) oʻrtasidagi nizodan foydalanib Fanagoriyani bosib olgan va Kichik Osiyoni egallash maqsadida yurish qilgan. U Vifiniya va Amisosni egallagan, lekin 47 yil 2 avg .daavgustda Kichik Osiyoning Zela shahri yaqinidagi jangda Sezar tomonidan tormor keltirilgan. Sezar Senatga "Vene, vidi, vici" ("keldim, koʻrdim, gʻalaba qozondim") deb noma joʻnatgan. Rimliklar F. II ni ozod qilib kichik otryad bilan Bosporga joʻnatganlar, bu yerda hokimiyatni F. II ning noibi Asandr egallab olgan edi. F. II Asandr bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.
 
{{OʻzME}}