Gʻarbiy Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
k (via JWB) |
||
Qator 1:
'''Gʻarbiy Sahroi Kabir''' - Afrikaning shim.-gʻarbiy qismidagi hudud. Sahroi Kabir choʻlining gʻarbiy qismida, Atlantika okeani sohilida joylashgan.
Relyefi tekislik boʻlib, qad. Afrika platformasining Al-Ayyun bukilmasida joylashgan. Eng baland joyi shim.-sharqida, Atlas togʻi etaklarida. Gʻ.S.K. tabiat resurslariga boy. Foydali qazilmalardan fosforit, temir, mis rudalari, neft, kaliy tuzi, simob, marganets, uran konlari bor. Iqlimi katta qismida tro-pik choʻl, sohil qismida birmuncha yumshoq dengizboʻyi iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 17—20°dan 25—30° gacha. Yillik yogʻin 50–200 mm. Daryolari mavsumiy. Oʻsimliklari buta va oʻtlardan iborat. Vohalarda akatsiya, palma, fikus oʻsadi. Hayvonlardan tuyoqlilar, sudraluvchi va mayda kemiruvchi koʻp. Yirtqichlardan gepard, chiyaboʻri, sirtlon yashaydi. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy. Aholi, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tuya, qoʻy va echki boqiladi. Arpa, bugʻdoy, sabzavot ekinlari ekiladi.
Qadimda Gʻ.S.K.da Afrika shim.dan kelgan barbar qabilalari yashagan. 7-asrda hududni arablar egallagan. 9—11-asrlarda Gʻ.S.K. Gana imperiyasi, 11 —12-asrlarda Al-Moraviylar davlati tarkibida boʻlgan. Yevropaliklar hududga ilk bor 15-asr oxirlarida kelib oʻrnasha boshlaganlar. 1887-yilda Ispaniya Riode-Oroni oʻz taʼsir doirasidagi hudud deb eʼlon qildi. 1904 va 1912-yillardagi Fransiya—Ispaniya bitimlariga koʻra, Sagiyet al-Hamrani ham oʻz mulkiga qoʻshib oldi. 1959-yilda Gʻ.S.K. Ispaniyaning "dengiz orti provinsiyasi" deb eʼlon qilindi. Mahalliy xalq ozodlik uchun faol kurash olib bordi. 1970-yilda Al-Ayyunda mustamla-kachilarga qarshi katta ommaviy chiqishlar boʻldi. 1973-yilda Sagiyet al-Hamra va Rio-de-Oroni ozod qilish fronti — POLISARIO tashkil topdi (Bosh kotibi Muhammad Abdulaziz). Gʻ.S.K.da mustamlakachilik tuzumini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala BMTda 1966-yildan boshlab bir necha bor muhokama qilindi. 1975-yil 14-noyabrda Madridda imzolangan Shart-nomaga muvofiq Ispaniya 1976-yil fevr. oyida oʻz mustamlakasini Marokash va Mavritaniya ixtiyoriga oʻtkazishini eʼlon qildi. 1976-yil boshida Ispaniya qoʻshinlari Gʻ.S.K.dan chiqib ketdi. 1976-yil 27-fevralda POLISARIO fronti Gʻ.S.K.da Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi (SKADR) tuzilganligini eʼlon qildi. 1976-yil 26—30
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
|