Gʻulja: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 1:
'''Gʻulja''', Qulja, Inin - XXRning shim.garbiy qismidagi shahar. SintszyanUygʻur muxtor r-nidarayonida, Ili-Qozoq muxtor viloyatining markazi. Ili daryosi vodiysidagi muhim iqtisodiy markaz. Aholisi 250 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, muzey mavjud. Chorvachilik mahsulotlari qayta ishlanadi. Gilam toʻqiladi. Shahar yaqinidagi konlardan uran, volfram va boshqa rangli metall rudalari, asbest va grafit qazib olinadi. Shahar atrofida mevali bogʻlar barpo qilingan. Shahar yangi va eski qismdan iborat: anʼanaviy hovlilardan iborat va koʻchalari chiroqsiz boʻlgan mahallalar bilan bir qatorda yangi zamonaviy va koʻp qavatli imoratlar koʻp qurilgan. Turizm markazlaridan.
 
Shahar oʻrnida qadimda lama ibodatxonasi boʻlgan. Gʻ. toponimining etimologiyasi ham shu ibodatxona nomi bilan bogʻliq. Biroqmahalliy xalq oʻrtasida saqlanib qolgan maʼlumotlarga koʻra, Gʻ. — arxar soʻzining qad. turkiy nomidir. Shaharda 2400— 2500-yil muqaddam misdan yasalgan arxar haykali topilgan. Bu esa Gʻ. topo-nimining tarixi miloddan avvalgi 5-asrga borib taqalishini koʻrsatmokda. Gʻ. va uning atrofida topilgan 3 ming yillik tarixga ega arxeologik buyumlar (oltin va misdan yasalgan hayvon va odamlar haykalchalari, mai-shiy buyumlar va boshqalar), 2400-yillik tarixga ega mis koni shahar nisba-tan yosh boʻlsa-da, bu yerda qadimdan rivojlangan madaniyat mavjud boʻlganini koʻrsatadi. Chingizxonning 2-oʻgʻli Chigʻatoy hukmdorligi davrida shaharda hunarmandchilik rivojlandi. Jungʻariya xonligi davrida (1635— 1755) xon oʻrdasi Gʻ.ga yaqin yerda joylashgan. Manchjurlarning Sin imperiyasi Gʻ.da Sharqiy Turkistonni boshqargan oʻz harbiy qoʻmondoni va qoʻshinlarini joylashtirgan. Oʻsha davrda Gʻ. atrofida 6 qalʼa qurilgan. 18-asrda shahar, ayniqsa, rivojlandi. 1933-yilgi "uch viloyat (Ili, Tarbagʻa-toy, Oltoy) inqilobi" davrida Gʻ. hukumat markazi edi.