Hind yozuvi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB) |
k (via JWB) |
||
Qator 2:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Hind yozuvi''' -
Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Dastlab oʻqilgan yodgorliklar (miloddan avvalgi 3-asrga mansub) keyingi yozuvlar uchun asos boʻlgan boʻgʻinli brahmi yozuvida bitilgan boʻlib, bu yozuv chapdan oʻngga qarab yozilgan. Hindistonning shim.-gʻarbida miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrgacha brahmi bilan bir qatorda kharoʻshthi yozuvi ham mavjud boʻlgan, lekin keyinchalik sekin-asta brahmi tomonidan siqib chiqarilgan. Brahmi yozuvining ilk yodgorliklaridayoq uning mahalliy koʻrinishlari ajrala boshlaydi. keyinchalik ular asosida Hind yozuvining 3 asosiy; shim., janubiy va janubi-sharqiy tarmogʻi shakllanadi.
Alifbo harflari qatʼiy vertikal va gorizontal chiziqlardan burchak hosil qilib yoziladigan shimoliy tarmoqqa quyidagi yozuvlar kiradi: 1) 6—10-asrlarda Markaziy Osiyoda sanskrit, sak va boshqa tillardagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan gupta yozuvi; 2) 7-asrdan hozirgi gacha bir necha koʻrinishda ishla-tilgan tibet yozuvi;3) 7—8-asrlarda shakllangan va 10—11-asrlardagi qoʻlyozmalarda qayd etilgan n a g a r i yozuvi; uning keyingi davrdagi shakli — devanagari
Hind yozuvining janubiy tarmogiga 5—6-asrdan shakllangan, biroq qoʻlyozmalarda 16-asrdan boshlab qayd etilgan grantha yozuvi (sanskritcha matnlarni yozish uchun qoʻllangan) hamda janubiy Hindistondagi zamonaviy 4 adabiy til — kannada, telugu, malayalam va tamil tillaridagi matnlarni yozishda qoʻllanadigan alifbolar kiradi. Bu tarmoqdagi yozuvlar harflarning du-maloq shaklda yozilishi bilan ajralib turadi.
Hind yozuvining janubi-sharqiy tarmogi Hindistondan tashqarida va asosan qad
Mazkur yozuvlarning shakli shamoyilidagi oʻxshashlik ular qoʻllanadigan tillarning fonologik jihatdan oʻxshashligini anglatmaydi. Mas, devanagari yozuvi qindiy tiliga nis-batan harf-tovush yozuvi hisoblansa-da, boshqa koʻpchilik tillarda fonema va grafema oʻrtasidagi nisbatning u yoki bu darajada buzilganligi kuzatiladi.
|