Qoʻrqit ota kitobi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.5
k (via JWB)
Qator 9:
Ildizi mifologik dunyoqarashga 0зborib taqaluvchi Dada Qoʻrqud dostonlari XI asrda „Kitobi Dada Qoʻrqud“ nomi bilan qogʻozga tushirilgan, qoʻlimizga yetib kelgan nusxalar esa XVI asrda koʻchirilgan qoʻlyozmalardir. Obidani ilk bora tadqiqotga jalb etgan nemis sharqshunosi Fridrix fon Ditsin fikricha, bu yerdagi baʼzi mifologik syujetlar, masalan, Tepakoʻz obrazi Gomerning „Odisseya“ dostonidagi Polifem obrazi bilan qiyoslaganda qadimiyroq hisoblanadi. Hozirgacha „Kitobi Dada Qoʻrqud“ning ikki qoʻlyozmasi maʼlum. Bulardan biri — nemis sharqshunosi F.fon Dits tomonidan Istanbuldan Germaniyaga olib borilgan va Drezden shahri kutubxonasiga sovgʻa qilingan bir muqaddima va oʻn ikki boʻydan (dostondagi alohida-alohida hikoyalar boʻy deb nomlanadi) iborat boʻlgan Drezden nusxasi, narigisi esa XX asrning 50-yillarida Vatikanda topilgan bir muqaddima va olti boʻydan iborat nusxadir.
 
Fanga XIX asrdan maʼlum boʻlgan „Kitobi Dada Qoʻrqud“ning faqatgina ikki qoʻlyozmasi (Drezden va Vatikan) maʼlum. Drezden nusxasi<ref name="R4" /> ustida keyinroq  „Kitab-i Dadam Qorqud ala lisan-i taifa-i Ogʻuzan“ (Oʻgʻuz qabilalarining tilida Dadam Qoʻrqud kitobi) deb yozilgandi va yangi bir nusxasi asosi 1556-yil avgustda qoʻyilgan Drezdendagi   Qirol Kutubxonasidan olingan, 1972-yil avgustda Bokuga olib kelinib, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasiga beriladi va Qoʻlyozmalar Institutida kengroq tafsilotlar bilan tadqiq etilgan. Bu nusxa muqaddima va 12 boʻydan, Vatikan nusxasi<ref name="R5" /> esa ayni muqaddima va 6 boʻydan iborat. Bundan koʻrinib turibdiki, har 2 nusxa qadimiyroq nomaʼlum bir nusxadan koʻchirilgan. Ozarbayjon FAFanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar Institutida „Dada Qoʻrqud“ning dunyodagi uchinchi qoʻlyozma nusxasi tayyorlandi.
 
„KITOBI DADAM QOʻRQUT“ („Qoʻrqut [[ota]] [[kitob]]i“) — [[oʻrta asrlar]] [[Oʻgʻuznoma|oʻgʻuz eposi]]ning yuksak namunalaridan biri. Uning tarkibiga kirgan [[hikoya]] va [[doston]]larning ayrimlari [[VII asr|7]]—[[VIII asr|8-asr]]larda ogʻzaki ravishda yaratila boshlangan. Asosiy dostonlari [[IX asr|9]]—[[X asr|10-asr]]larda [[oʻgʻuzlar]] [[Sirdaryo]]ning quyi [[oqim]]lari va [[Orol dengizi]] atroflarida yashagan davrlarda [[yuza]]ga kelgan. Ular bu ulkan [[yodgorlik]]ning tarkibida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, Qoʻrqut haqidagi [[afsona]] va [[rivoyat]]larning ogʻzaki ravishda [[Turkiston]] [[xalq]]lari orasida keyingi davrlargacha saklanib qolishiga sabab boʻlgan.
Qator 83:
* „Kitobi Dada Qoʻrqud“ va qadimiy yunon dostonlari. Ali Sultonli — Redaktor Bakir Nabiyev.
* „Kitobi Dada Qoʻrqud“ (nafis tartibotda, lotin alifbosi bilan, rangli illustratsiyali ilmiy-tanqidiy matn) — Samad Alizoda.
* „Kitobi Dada Qoʻrqud“ (rus tilida, Vasiliy Bartold tarjimasida , 1951-yil, Boku nashri).
* „Oʻgʻuz qahramonlik dunyosi“ (Ozarbayjon tilida) — Xoliq Koʻroʻgʻli.
* „Kitobi Dada Qoʻrqud“ — povest. Anar.