Koreya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 1:
'''Koreya''' (koreyscha Choson — Tonggi tarovat) — Sharqiy Osiyodagi mamlakat. Asosan, Koreya ya. o. va uning materikka tutashgan qismida hamda 3,5 mingga yaqin orolda joylashgan. K.ni sharkdan Yapon dengizi, gʻarbdan Sariq dengiz oʻrab olgan, jan.da Koreya boʻgʻozi uni Yaponiyadan ajratib turadi. Dengiz chegaralari 8,7 ming km. Shim.daShimolida Xitoy va Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradosh. Quruqlik chegaralari 1,3 ming km. Maydoni 219 ming 20 km², aholisi 69,87 mln. kishi (2001).
 
Yarim orolning shim. qismida va qisman materikda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, yarim orolning jan. qismida Koreya Respublikasi joylashgan.
Qator 5:
Aholisi. K.— bir millatli mamlakat; aholisining 99% dan ortigʻi koreyslar. Dindorlari buddaviylik, konfutsiylikka va, qisman, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — koreys tili.
 
Tabiati. Sharqiy qirgʻogʻi togʻlik. Kemachilik uchun eng qulay buxtalari shim. qismida. Tabiiy gavanlari jan. qirgʻoqda. Gʻarbiy sohili, asosan, tekislik, ammo koʻp boʻlakka boʻlingan. K.ning aksari qismi togʻlik. Shim.daShimolida Shim.Shimoliy Koreya togʻlari (balandligi 2744 m gacha) va katta yassi togʻlar, Koreya ya.o.ningyarim orolning sharqida Sharqiy Koreya togʻlari, jan.da shu togʻlarning jan.-gʻarbiy tarmoqlari, 36° shahri k.dan jan.da esa Jan.Janubiy Koreya togʻlari bor. K. hududining 1/4 qismini pasttekislik va tekisliklar tashqil etadi. K., asosan, tokembriy granitlari, gneyslar va metamorfik slanets qatlamlaridan iborat. K.da 100 ga yaqin temir ruda koni, polimetall konlari, volfram, xrom, kobalt, nikel, oltin va kumush rudasi konlari, bundan tashqari, grafit, magnezit, toshkoʻmir kabi noruda qazilma konlari ham bor.
 
Ikdimi — dengiz iqlimi, shim.da oʻzgaruvchan, koʻp qismida moʻʼtadil, jan.da subtropik. Eng issiq oy (avg .)ning oʻrtacha temperaturasi 22—26°, yanv.nikiyanvarniki — 21° dan +4° gacha, togʻlarda — 40° gacha. Oʻrtacha yillik yogin 700–1500 mm. Daryo koʻp, ammo kichik, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Asosiy daryolari: Amnokkan, Tumangan, Naktongan, Tedongan va Xangan. Yirik daryolarining quyi oqimidagina kema qatnaydi. Qoʻngʻir oʻrmon tuprogʻi, kizil, sariq, unumdor allyuvial tuproqlar uchraydi. Yer yuzasining 70%dan koʻprogʻi oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan. Togʻ etaqlarida shumtol, kashtan, yuqorirogʻida qoraqaragʻay, qaragʻay, kedr va boshqa oʻsadi. 300 m gacha baland joylarda doim yashil oʻsimliklar bor. Hayvonlardan yoʻlbars, qoplon, qora va qoʻngʻir ayiqlar, bugʻu, parrandalardan esa tustovuq, oʻrdak va boshqa yashaydi. Baliqning 75 turi mavjud.
 
Tarixi. Koreya ya. o.da odamlar soʻnggi paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 5— 4-asrlarda tashqil topgan Choson birinchi koreys davlatidir. Miloddan avvalgi 109 yilda Xan davlati (Xitoy) Chosonni bosib oldi. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash davomida (milodning boshlarida) Koguryo, Pekche, Silla va boshqa davlatlar paydo boʻldi. Milodiy 313 yilda Koguryo xitoylarni batamom surib chiqardi va har jihatdan rivojlangan qudratli dashtatga aylandi.
Qator 15:
Yapon va manjur bosqinchilari hujumi davrida (16-asr oxiri — 17-asr ning 1-yarmi) davlatning ahvoli ogʻirlashdi. 1592—98 yillarda Choson xalqi oʻz ozodligi uchun kurashdi va yapon bosqinchilarini mamlakatdan quvib chiqardi. Manjurlarning 1627 va 1636-yillardagi bosqinchilik urushlari natijasida mamlakat ancha vayron boʻldi. 18-asr oxiridan mehnatkashlarning hukmdor tabaqaga qarshi yirik qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 19-asr ning 60-yillarida xalq ommasining erksevarlik qarashlarini ifoda etgan Tonhaq diniy mazhabi vujudga keldi. 60—70-yillarda Yaponiya K.ni asoratli Kanxva shartnomasini tuzishga majbur qildi. Soʻngra AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa davlatlar ham Koreya bilan shunday bitimlar toʻzishdi. 1904—05 yillardagi rus-yapon urushi davrida Yaponiya K.ni bosib olib, mamlakat ustidan nazorat oʻrnatdi. K. aholisi yapon bosqinchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Yapon hukmronligi joriy etilgan davr (1910—45)da K. Yaponiyaning xom ashyo makoni va bozoriga aylantirildi, nihoyat, K. Yaponiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi.
 
1917-yilda ish tashlash, talabalarning norozilik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1919-yil mart — apr.dagiapreldagi umummillat qoʻzgʻolonida ishchilar, dehqonlar va mahalliy savdo-sanoat doiralari (jami 2 mln .dan ortiq kishi) faol qatnashdi. Bu voqealardan choʻchigan yapon maʼmurlari oʻsha yil avg .daavgustda "oʻz-oʻzini boshqarish tizimi"ni joriy etish va boshqalardan iborat islohot dasturini eʼlon qildi. Sanoatning oʻsishi ishchilar safining kengayishiga sabab boʻldi. 20-yillardan kasaba uyushmalari va boshqa ommaviy jamoat tashqilotlari vujudga kela boshladi. 1925—28 yillarda ishchilar 349-marta ish tashladi va koʻpi ularning gʻalabasi bilan tugadi.
 
1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni davrida dehqonlar, mayda va oʻrta tadbirkorlarning ahvoli ogʻirlashdi. 1930—32 yillarda 517-marta ishchilarning ish tashlashi, 237-marta dehqonlar qoʻzgʻoloni, oʻquvchi yoshlarning namoyishlari boʻlib utdi. Ikkinchi jahon urushida K. xalqi yapon mustamlakachilariga qarshi kurashdi. Bu urushda Yaponiyaning magʻlubiyati natijasida uning K.dagi hukmronligi barham topdi.
 
1945-yil avg .daavgustda K.ning 38-paralleldan shim. qismi Sovet Armiyasi tomonidan ozod qilindi. Shu yil sentabr oyining boshlarida AQSH qoʻshinlari K.ning jan.ni ishgʻol qildi. Ittifoqchilarning qarorida 38-parallel Sovet va Amerika qoʻshinlari oʻrtasidagi chegara chizigʻi boʻlib qolishi belgilangan edi. 1945-yil dek.dasobiqdekabrdasobiq SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining Moskva kengashi K.ni vasiylikka olish haqida qaror qabul qildi (gomindanchilar hukmronligidagi Xitoy ham keyinchalik shu qarorga qoʻshildi). Kengash K.ni yagona demokratik mustaqil davlat sifatida qayta tiklashni nazarda toʻtib, K.ning muvaqqat markaziy hukumatini tuzish fikrini bildirdi. Aniq taqliflarni tayyorlash Sovet va Amerika qoʻmondonligi vakillaridan iborat qoʻshma komissiyaga topshirildi. Komissiya 1946—47 yillar mobaynida ishladi, ammo keskin ixtiloflar sababli oʻz zimmasidagi vazifani bajara olmadi.
 
1948-yil 15 avg .daavgustda Seulda K. Respublikasi (KR), 9-sentabrda Pxenyanda K. Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tuzilganligi rasmiy ravishda eʼlon qilindi. 1948-yil sentabrda Sovet Ittifoqi KXDR Oliy xalq majlisining murojaatini qondirib, oʻz qoʻshinlarini uning hududidan olib chiqib ketdi. AQSH Jan.Janubiy K.dagi qoʻshinlarini 1949-yil oʻrtalarida olib ketdi.
 
Mamlakatni birlashtirish borasida KXDR bilan KR oʻrtasidagi keskin oʻzaro qarama-qarshilik oqibatida ikkala tomonning aybi bilan koʻp martalab qurolli toʻqnashuvlar boʻldi. Bu mojarolar 1949-yilning 2-yarmidan boshlab, ayniqsa, shiddatli tus oldi, natijada, 1950-yilda toʻla miqyosli urush harakatlari boshlanib ketdi. Oʻsha yili 25-iyunda BMT Xavfsizlik Kengashida SSSR vakili qatnashmagan paytda KXDRni KRga qarshi tajovoʻz qilishda ayblovchi qaror qabul qilindi va 2 kundan keyin BMT ga aʼzo davlatlarni KRga shoshilinch yordam berishga chaqiruvchi yana bir qaror qabul etildi.
 
Xalqaro kuchlar tomonidan KXDRga taxlikali xavf tugʻilgach, Xitoy xalq koʻngillilari (salkam 1 mln. kishi) Shim.Shimoliy Koreyaga yordamga keldi. Shiddatli janglardan keyin 1951-yil oʻrtalarida ikkala tomon urushda gʻalaba qozonish imkoni yoʻkligini anglab, mudofaaga oʻtdi va muzoqara boshlashga majbur boʻldi. 1953-yil 27-iyulda K.da yarash toʻgʻrisida bitim imzolandi. KXDR bilan KR oʻrtasida 4 km kenglikda qurolsiz mintaqa oʻrnatildi.
 
Uch yillik urush mamlakatni abgor qildi, uning iqtisodiyotiga katta putur yetkazdi. Millionlab kishilarning oilalari boʻlinib ketdi. Bu birodarkushlik urushi Shim.Shimoliy bilan Jan.ning ajralishini yanada kuchaytirdi.
 
1970-yillarning boshlaridan KXDR bilan KR oʻzaro munosabatlarni tartibga solish yoʻllarini izlash va mamlakatni qayta birlashtirishga erishish maqsadida muloqot qilib keldi. 1991-yil sentabrda ikkala koreys davlati BMTga qabul etildi. Oʻsha yil dek.dadekabrda KXDR bilan KR oʻrtasida yarashish, hujum qilmaslik, hamkorlik va mol ayirboshlash haqida bitim, 1992-yil fev.dafevralda Koreya ya.o.ningyarim orolning parchalanmasligi toʻgʻrisida Qoʻshma deklaratsiya imzolandi. Nihoyat, 2000-yil iyunida KR prezidenti KXDR ga tashrif buyurdi va Shim.Shimoliy bilan Jan.Janubiy oʻrtasida iliq munosabatlar va hamkorlik boshlashga qaror qilindi.
 
Fani va ilmiy muassasalari. K. — qadimdan ilm-fan yuksak darajada rivojlangan mamlakat. 6—7-asrlardayoq astronomiya va meteorologiya kuzatuvlari olib borilgan, murakkab inshootlar qurilgan. 632—647 yillarda Sha-rqiy Osiyoda eng qad. rasadxona minorasi — Chxomsonde barpo etilgan. 718 yilda K.da soat kashf qilingan. 682 i. Sillada "Kukhaq" davlat oliy bilim yurti ochilgan va 717 yildan tibbiyot, mat., 794 yil dan astronomiya oʻqitila boshlagan. 11—13-asrlarda chinni idishlar va asboblar ishlab chiqarish rivojlangan. Shu davrda koreyslar xitoy ksilografiyasini oʻrganib, shu usulda 6 ming jilddan iborat budda qonunini nashrdan chiqardi. 1234—41 yillarda bosmaxonalarda metall harflar ishlatila boshladi.