Kosta-Rika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 38:
Kosta-Rikaning qadimgi sanʼati Meksika, Panama va Kolumbiya madaniyati bilan mushtarak. Boʻrtma tosh mehroblar, bahaybat toshlardan yasalgan boshlar, odam va hayvon gavdalari, sopol haykalchalar, qimmatbaho toshlardan, oltin va mis qotishmalaridan yasalgan narsalar, shakl va taqinchoqlar saqlangan. 18-asrgacha bunyod etilgan qurilishlar zilzilalar va qaroqchilar hujumi natijasida vayron boʻlgan. Mustamlaka davrida shaharlar (San-Xose, 1737—38) barpo etila boshladi. Ular toʻgʻri rejali qilib qurilgan va koʻkalamzorlashtirilgan. Xom va pishiq gʻishtdan qurilgan hovlili uylardan tashqari bir qavatli beton imoratlar ham koʻp. Indeyslarning turar joylari palma poyalaridan qurilgan. Erediya va Orosi shaharlarida barpo etilgan cherkovlar haligacha saqlanib qolgan.
 
Tasviriy sanʼati 19-asrda paydo boʻldi (haykaltaroshlar F. Gutyerres, X. Mora Gonsales, rassom E. Egandi Montero). 20-asrning 20- yillarida manzarachilar, mahalliy grafikachilar maktabi tashqil etildi (F. Amigetti, M. de la Krus Gonsales va boshqalar); ayniqsa, haykaltarosh F. Suniganing xalq hayoti asosida yaratgan indeyslar qiyofasi diqqatga sazovor. Xalq sanʼatida hunarmandchilik, oʻymakorlik, toʻqimachilik, kashtadoʻzlik, kulolchilik va boshqa rivojlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==