Kuba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 23:
Iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanishi natijasida (18-asr oxirlarida) K. xalqi shakllana boshladi. Ispaniya mustamlakalarining 1810—26 yillardagi mustaqillik uchun olib borgan urushi vaqtida K. yer egalarining ilgʻor qismi F. Arango-i-Parreno rahbarligida iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish uchun kurashdi. Vatijada Ispaniya bir oz yon berishga (tamaki monopoliyasini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish va boshqalar) majbur boʻldi va bu narsa K.ning iqtisodiy yuksalishiga olib keldi. 19-asrning 20-yillaridan K, da gaz.lar chiqa boshladi, yashirin jamiyatlar paydo boʻldi. Ular oʻz oldiga mustaqillik uchun kurashni maqsad qilib qoʻydi. 1844-yil negr-qullarni ozod qilish uchun harakat qatnashchilari qattiq jazolandilar.
 
19-asrning 30-yillarida K.da dastlabki tamaki va sigara f-kalarifabrikalari paydo boʻldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.
 
1868-yil 10-oktabrda Oryente viloyatida K. M. de Sespedes rahbarligida K. vatanparvarlarining qoʻzgʻoloni boshlandi. Ular eʼlon qilgan manifest K. xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 yil lik milliy ozodlik kurashini boshlab berdi. Qoʻzgʻolonning maqsadiga toʻla-toʻkis erishilmagan boʻlsada, ammo 1886-yil quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qatʼiy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892-yil X. Marti AQSH da K. inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895-yil 24-fevralda Oryente viloyatida K. mustaqilligi uchun qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1895-yil sentabrda K. Respublikasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. 1897-yil noyabrda Ispaniya K.ga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida K.ning koʻp qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898-yilaprelda AKSHAQSH Ispaniyaga qarshi urushga qoʻshilib, Ispaniyani tor-mor keltirdi va oʻsha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga koʻra, K. rasman mustaqil deb eʼlon qilingan boʻlsa ham, haqiqatda 1898-yildan 1902-yilgacha AQSH tasarrufida boʻldi.
 
1903-yilgi adolatsiz shartnomaga binoan, AKSHAQSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini nomaʼlum muddatgacha ijaraga oldi.
 
1925-yil mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura oʻrnatdi. 1934-yil yanvarda hukumat F. Batista kuliga oʻtdi, u harbiy-politsiya rejimini oʻrvatdi. 1935-yil martda umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista rejimini bekor qilish, yangi demokratik konstitutsiya tuzish talab etildi. 1944— 48 yillarda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik qildi. Mavjud siyosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va h.k. hukumatni demokratik tashqilotlarga yon berishga majbur etdi.
Qator 44:
 
== Sanoati ==
Qand-shakar ishlab chiqarish — K. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan zavodlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, goʻsht kombinatlari, sut-sariyogʻ, moy zavodlari va boshqa dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yongʻoq, palma moylari va boshqa ishlab chiqariladigan zavodlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladigan f-kalarfabrikalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim fabrikat asosida ishlaydi. 1 yilda oʻrtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.
 
Gazlama va toʻqimachilik buyumlariga boʻlgan ehtiyoj 50—60% taʼminlanadi. Toʻqimachilik kombinati va f-kalarifabrikalari bor. Koʻn poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan taʼmin etadi. K.da yirik sement zavodi, temir-beton konstruksiyalar, gʻisht va boshqa zavodlar, uysozlik kombinati, oyna-shisha kombinati bor.
 
Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va boshqa ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, dizel motorlari zavody, elektrodlar fabrikasi, kema qurish va taʼmirlash korxonalari mavjud. Soʻnggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi oʻringa chiqdi.