Lahja: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k (via JWB) |
||
Qator 1:
'''Lahja''' yoki '''Dialekt''' — umumxalq [[Til|tilining]] muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qoʻllanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi koʻrinishi. Lahja bir qator kattaroq til tuzilmasi tarkibiga kiradi, ushbu butunlikning boshqa qismlariga, boshqa Lahjalariga qarshi qoʻyilib, taqqoslanadi va ular bilan umumiy xususiyatlarga ega boʻladi. Hududiy Lahjalar tovushlar tarkibi, grammatika, soʻz yasalishi, leksika nuqtai nazaridan muayyan tafovutlarga ega boʻladilar. Bunday farqlar sezilmas darajada boʻlib, aniq, bir tilning turli Lahjalarida soʻzlovchilar bir-birini yaxshi tushunishadi (mas, oʻzbek tili Lahja va shevalari), boshqa tillarning Lahjalari bir-biridan kuchli farq qilib, bunda turli Lahjalarda soʻzlovchilarning oʻzaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin boʻlmaydi (mas, nemis, xitoy tillari Lahjalari). Lahja umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng maʼnoga ega boʻlib, shevalar yigʻindisidan tarkib topadi. Mas, etnogenetik jihatdan koʻp tarkibli boʻlgan oʻzbek tilida 3 ta asosiy Lahja farqlanadi: qorluq-chigil-uygʻur Lahjasi — Fargʻona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini oʻzi ichiga oladi; qipchoq Lahjasi — Samarqand, Buxoro, Surxondaryo,
== Yana q. ==
|