Litva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
k (via JWB)
Qator 54:
1558-yil Rossiya bilan Livoniya urushi boshlandi. Bu urush Litva uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Litva hukmron doiralari Rossiyaga qarshi urushda yordam olish niyatida Polsha bilan yaqin aloqa oʻrnatdi. 1569-yil Lyublin ittifoqi tuzilib, Polsha bilan Litva Rech Pospolita davlatiga birlashdi.
 
1654—67 yillari rus qoʻshinlari Litvaning sharqiy qismini, 1655-yil Vilnyus va Kaunas shaharlarini bosib oldi. 1667-yil Smolensk yaqinida Rech Pospolita va Rossiya oʻrtasida Andrusov sulhi imzolandi (Belarus yerlari va Ukrainaning Dnepr daryosi oʻng qirgʻoq tomonidagi yerlar Litva tarkibida qoldi). Shimoliy urush (1700—21) yillarida Rech Pospolita Rossiyaning it-tifoqsoshi boʻldi. 17—18-asrlarda Rech Pospolita siyosiy inqirozga uchradi va 1772,1793, 1795-yillarda Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi. Litva Rossiyaga qoʻshildi. 19-asr 2-yarmida podsho hukumati Litvada millatchilik siyosatini kuchaytirdi. Oʻlkada milliy ozodlik harakati boshlandi. 1888-yil Vilnyusda Litva kasaba uyushma harakatiga asos solgan Oʻzaro yordam kassasi va Litva sotsial-demokratiyasi tashkil topdi.l-jahon urushi yillarida Litva xududi harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1915-yil kuzida Litva hududini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1918-yil 16-fevralda Litva davlatining mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil dekabrda Litva hududining katta qismida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va 1919-yil fevralda Litva-Belarus shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1919-yil avgustda nemis qoʻshinlarining hujumidan soʻng Qizil Armiya boʻlin-malari Litvadan chiqib ketishga majbur boʻldilar. 1920-yil Litva bilan RSFSR oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, shoʻro hukumati Litva mustaqilligini tan oldi. 1940-yil iyunda Litva hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. 1940-yil iyulda Xalq Seymiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 1940-yil 21-iyulda Litva shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1941-yilda L.ni nemis-fashist qoʻshinlari bosib oldi, 1944-yil iyul —1945-yil yanvarda shoʻro armiyasi tomonidan ozod qilindi. 1990-yil 11-martda respublika Oliy Kengashi Litva davlatini qayta tiklash haqidagi hujjatni qabul qildi va mamlakat Litva Respublikasi deb atala boshladi. 1990-yil mayda Litva Oliy Kengashi L.ning davlat mustaqilligi haqidagi deklaratsiyami qabul qildi. Litva 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 5-avgustda OʻzROʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 16-fevral — Litva davlati kayta tiklangan kun (1918).
 
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Litva demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan, 1902—20 yillarda shu nomda faoliyat koʻrsatgan partiyaning vorisi; Litva sotsial-demokratik partiyasi, 2001-yilda asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993-yilda tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992-yilda tuzilgan; Litva xristian demokratik partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Litva erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan.