Lutfiy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{oʻzbek adabiyoti}} oʻchirildi (via JWB) |
k (via JWB) |
||
Qator 4:
Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning [[Deqikanor mavzei]] deb koʻrsatib kelingan. [[Shayx Ahmad Taroziy]]ning [[Mirzo Ulugʻbek]]ka bagʻishlab yozilgan [[„Funun ul-balogʻa“]] asari topilgach, undagi „maʼdan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy“ jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani [[Toshkent]] boʻlgan, degan fikr ham ilgari surildi.
Lutfiyning hayot yoʻli singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi oʻqish, oʻrganish va badiiy ijod mehnati bilan oʻtgan.
Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham diniy tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va maʼrifatga sodiq ijodkor edi. Navoiy soʻzi bilan aytganda, u „[[forsiy]] va [[turkiy]]da naziri yoʻq“ shoir boʻlgan. Lutfiy garchi oʻz ona tili — turkiy tilda yaratilgan sheʼrlari bilan mashhurlikka yetishgan boʻlsada, forsiyda ham oʻzining shoirlik iqtidori va mahoratiga koʻpchilikni iqror eta olgan. Ikkinchidan, Lutfiy sheʼriyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uygʻunlashtirgan edi. Ammo u soʻnggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, [[oʻzbek sheʼriyati]] xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechogʻlik „maʼruf va mashhur“ boʻlmasin, „darveshlik tariqini dagʻi ilikdan“ (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddi shu narsa uning nafaqat oʻz zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega koʻtarilishiga bir asos boʻlgan.
Qator 33:
S.Erkinov. Lutfiy. Hayoti va ijodi. — T.: 1965.<br />
X.Zarif. Lutfiy va Navoiy. Kitobda: Ulugʻ oʻzbek shoiri. — T.: 1948;<br />
S. Erkinov
== Manbalar ==
|