Makka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Makka''' ([[Arab tili|arabcha]]: مكّة المكرمة‎ ''Makkah Al-Mukarramah'') — [[musulmonlar]] uchun muqaddas hisoblanadigan shahar. [[Saudiya Arabistoni]]<nowiki/>ning gʻarbida, [[Qizil dengiz|Qizil dengizdan]] 70&nbsp;km uzoqlikda joylashgan. [[Hijoz|Hijoz viloyatining]] maʼmuriy markazi. Aholisi 2 mln. kishidan ortiq (2020). Aholi soni boʻyicha [[Ar-Riyod]] va [[Jidda|Jiddadan]] keyin uchinchi oʻrinda turadi. Bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. [[Qurʼon|Qurʼonda]] „Bakka“ nomi bilan kelgan. Makkada musulmonlar [[haj]] qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan [[Kaʼba]] joylashgan.
 
Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada [[Odamato]] va [[Momohavo]] hamda [[Shis]], [[Ibrohim]], [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]] va [[Hojar]] yashaganlar.
 
Makka qadimiy shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab [[Zamzam|Zamzam bulogʻi]] atrofida aholi turar joylari paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 2—1ming yilliklarda Makka arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Makka ilk bor yunon tarixchisi [[Ptolemey Klavdiy|Ptolemey]] asarlarida Makoraba nomi bilan tilga olingan va bu yerda milodiy II asrda ibodatxona mavjudliga aytib oʻtilgan. [[Islom]] paydo boʻlishidan avval Makka majusiy arab qabilalarining diniy hamda Sharq bilan [[Oʻrta dengiz]] boʻyi davlatlari oʻrtasidagi savdoda muhim oʻrin tutgan. Islom vujudga kelishidan koʻp asrlar ilgari Makkadagi Kaʻba ibodatxonasi arab qabilalarining ziyorat markazi boʻlib, unda qabila xudolarining [[sanam]]lari saqlangan.
 
Milodiy V asr oʻrtalarida Makka [[quraysh]] qabilasi qoʻliga oʻtadi. Shu davrda quraysh qabilasining boshligʻi Zayd bin Kilob (Qusay laqabi bilan mashhur) Kaʼba atrofidagi yerlarni oʻz qabiladoshlariga boʻlib berdi. Qusay va uning avlodlari oʻtkazgan islohotlar natijasida Makka tez surʼatlar bilan oʻsdi, bozorlar koʻpayib, ziyoratchilar uchun yangi quduklar qazildi. VI asr oxiri — VII asr boshida shahar Arabiston yarimorolining faqat savdo va diniy emas, balki siyosiy markaziga ham aylandi. Shunday vaziyatda Makkada yakkaxudolik ([[tavhid]])ga asoslangan islom dinining targʻiboti boshlandi. Makkada 571-yilda [[Muhammad|Muhammad paygʻambar]] tugʻilgan, VII asrdan musulmonlarning muqaddas shahri va ziyoratgohiga aylangan.