Marmar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 2:
[[Fayl:Catedraldemarmol.JPG|thumb]]
[[Fayl:Inside a Carrara marble quarry 6396.jpg|thumb|Marmar qazib olish]]
'''Marmar''' ({{Lang-la|marmor}}, {{lang-grc|μάρμαρος}} [marmaros] — yaltiroq [[tosh]] soʻzidan) — kristalli [[Togʻ jinslari|togʻ jinsi]]. Ohaktosh yoki dolomitning toʻla qayta kristallanishidan hosil boʻlgan. Mineral donachalarining oʻlchamiga qarab (0,05 — 2,25 mm) mayda, oʻrtacha va yirik donachali Marmarlar farq qilinadi. Mayda donachali Marmar sifatli hisoblanadi, chunki unda gʻovak va darzlik kam. Marmarningtarkibi, asosan, kalsit (SaSO3)dan iborat, ozroq MgO, GʻeO, Gʻe2O3. MpO, A1O2 va A12°z bOʻladi. Tarkibida MgO koʻp boʻlgan turi dolomitli Marmar deb ataladi. Marmarga boshqa minerallar ([[kvars]], [[xalsedon]], [[limonit]], [[Xloritlar|xlorit]], [[gematit]], [[pirit]] va boshqalar), shuningdek, organik birikmalarning kup qoʻshilganligi uning xossalarini (mustahkamligi, rangi, zichligi va h.k.) keng diapazonda oʻzgarishiga sabab boʻladi. Marmarga kvars qoʻshilgan boʻlsa uning mustahkamligi ortadi, binobarin ishlov berish ham qiyinlashadi. Qoʻshimchalar Marmarning sifatini yo oshiradi yoki kamaytiradi. Strukturasi bir xil boʻlgan Marmarlar sovuqqa chidamli boʻladi. Qurilish amaliyotida Marmar deb sayqal berish mumkin boʻlgan oʻrtacha qattiqlikdagi metamorfik jinsga aytiladi; bular — marmar, marmarlashgan ohaktosh, zich dolomit, ofikalsit, karbonatli brekchiya va kar-bonatli konglomeratlar. Marmarning rangi (qizil, pushti, sargʻish, qoʻngʻir, yashil, jigarrang , qora, kulrang , oq) turli xil kimyoviy va mexanik aralashmalarga bogʻliq. Marmarning fizik xossalari: zichligi 1900–2800 kg/m3, siqishga mustahkamlik chegarasi 10,0— 25,0 MPa, sinishga chidamlilik chegarasi 10—30 MPa, suv shimuvchanligi 0,15—0,50%, gʻovakligi 1%gacha. Qattiqligi 3—4. Marmarning bir tekis oq yoki qora ranglisi juda qadimdan xaykaltaroshliqda ishlatilib kelinadi. Oʻzbekistonning qad. [[Samarqand]], [[Buxoro]], Xiva, Qoʻqon va boshqa shaharlaridagi meʼmoriy obidalarida Marmarning katta harsang toshlaridan tortib, to mayda Marmar oniksi plastinkalarigacha ishlatilgan. Toshkent shahridagi koʻpgina teatr, maʼ-muriy binolar va metropoliten st-yalarida Oʻzbekiston Marmar ishlatilgan. Marmar karyerlarda, kam hollarda yer ostidan qazib olinadi. Yaxlit katta boʻlaklar tosh qirquvchi mashinalar, maxsus arralar yordamida qirqib olinadi. Marmar konlari [[Oʻzbekiston]] (Gʻozgʻon, Koʻkpatos, Omonqoʻton, Ogʻaliq va boshqalar), [[Qozogʻiston]], RFRossiya Federatsiyasi (Kareliya, Ural, Sibir), Armaniston, Italiya, Gretsiya, Kuba, Fransiya, Norvegiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda mavjud.
 
[[Oʻzbekiston|Oʻzbekistonda]] [[sanoat]] ahamiyatiga ega boʻlgan Marmar konlari: Gʻozgʻon (yiliga 12 ming m3), Nurota (0,8 ming m3), Zarband (7 ming m3), Tomchiota (1,4 ming m3), Koʻchat (2 ming m3), Makrid (0,4 ming m3), Qaxralisoy (Qoraqalpogʻistonda) (1 ming m3) va boshqa Marmarning sanoat zaxiralari 50 mln. m3dan ziyod (2000). Marmar qazib oluvchi va ishlov beruvchi yirik korxonalar: "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" AJ, "Qizilqumnodirmetalloltin" va "Oʻzavtoyoʻl" davlat aksiyadorlik kompaniyalari.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>