Maʼmuriy-hududiy tuzilish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 1:
'''Maʼmuriy-hududiy tuzilish''' — [[unitar davlat]] hududi yoki [[Federatsiya|federativ davlat]] subʼyektlari hududining maʼlum qismlar ([[Viloyat|viloyatlar]], [[Guberniya|guberniyalar]], [[Departament|departamentlar]] va shahri k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg .ng yaqin boʻlishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiytarixiy, milliy va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki boʻgʻinli (AQSH), uch boʻgʻinli (Buyuk Britaniya, Fransiya), toʻrt boʻgʻinli (GFR) boʻlishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yoʻq.
 
Oʻzbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Shaharlar respublika miqyosidagi shahar (Toshkent shahri), viloyat tarkibidagi shaharlar, tuman tarkibidagi shaharlarga boʻlinadi. Tumanlar viloyat tarkibidagi tumanlarga va shahar tarkibidagi tumanlarga boʻlinadi (yana q.qarang [[Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi|Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriyhududiy tuzilishi]]).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==