Ahmadobod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Amdavad Aerial.jpg|thumb|280px|right|Ahmadobod]]
'''Ahmadobod''' – Hindiston gʻarbidagi shahar. Gujarot shtatining ma’muriy va iqtisodiy markazi. Aholisi 2,9 mln. kishi (1991, shahar atrofi bilan). Mamlakatning savdo va mo-liya markazlaridan biri; yirik transport yoʻllari tuguni. 1411-yilda Gujarot sultoni Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan. 15 – 16-asrlarda A. Hindistonda muhim savdo va sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan, oʻz hunarmandchiligi va ajoy-ib me’moriy inshootlari bilan shuhrat qozongan. 15-asrda qurilgan katta Jome masjidi, zafar toqi – Tin Darvozasi (15-asr) va oʻymakorlik bilan ishlangan yogʻoch uylar (16 – 17-asrlar) saqlangan. A. il gazlama sanoatining (Bombaydan keyingi) yirik markazi; paxta tozalash, ipak (jumladan sun’iy ipak) va boshqa yengil sano-at tarmoqlari taraqqiy qilgan. Kimyo sa-noati korxonalari bor. Hunarmandchilik (kimxob toʻqish, zargarlik, yogʻoch va su-yakdan oʻymakorlik buyumlari yasash) ri-vojlangan. Un-tUniversitet bor.
 
== Adabiyotlar ==