Raketa dvigateli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:RS-68 rocket engine test.jpg|thumb]]
'''Raketa dvigateli''' (RD) — atrofmuhit (havo, suv) dan foydalanmay ishlaydigan reaktiv dvigatel. Reaktiv oqim [[Kinetik energiya|kinetik energiyaga]] aylanuvchi energiyaning turiga qarab, kimyoviy, yadroviy, elektr xillariga bulinadi.
 
Kimyoviy RD, asosan, ikki kiyem — yonish kamerasi va reaktiv soplodan iborat. Yonish kamerasida oʻtadigan kimyoviy reaksiya natijasida yonilgʻi qizigan gazlarga aylanadi. Bu gazlar reaktiv soplolarda kengayib, katta tezlik bilan tashqariga chiqqanda reaktiv tortish kuchi vujudga keladi. Gaz kancha tez chiqsa, reaktiv tortish kuchi shuncha katta boʻladi. Bu koʻrsatkich yonilgʻining sifatiga bogʻliq. RD suyuq yonilgʻi va qattiq yoqilgʻida ishlashi mumkin. Qattiq yoqilgʻili RD (QYORD) bir necha yuz yildan beri maʼlum. Dastlab, yoqilgʻi sifatida qora porox, soʻngra tutunsiz porox ishlatilgan, keyinchalik murakkab tarkibli yonilgʻi ishlatila boshladi. QYORD, asosan, harbiy texnikada (raketa artilleriyasida), yaʼni turli tipdagi reaktiv qurilmalarda ishlatiladi. Juda katta oʻlchamli va juda uzoqqa uchib boradigan raketalar (Mas, qitʼalararo ballistik raketalar) kosmonavtikatsz. ham qoʻllaniladi. Mas, bir bosqichli eltuvchi raketa uchun QYORD ishlatish mumkin. QYORD yuzlarcha t tortish kuchi vujudga keltira oladi.