Meteorologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 13:
Xalq xoʻjaligining rivojlanishi meteorologik taʼminotni qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, irrigatsiya, aviatsiya va uning boshqa tarmoqlari uchun kengaytirish talabini qoʻydi. Yangi talablarga muvofiq, Gidrometxizmatni qayta tashkil etish va yangi boʻlimlar bunyod etish amalga oshirildi, ular bajaradigan ish doiralari kengaytirildi va tadqiqot ishlari kuchaytirildi. Oʻzbekistonlik olimlar va amaliyotchilar faqatgina shu xudud gidrometeorologiyasini batafsil oʻrganibgina qolmay, balki M. fani sohasida umumjahon bilimga katta hissa qoʻshdilar.
 
M.ning hozirgi bosqichida fizika va texnikaning yangi yutuklari — radiolokatsiya usullari, meteorologik yoʻldoshlar, elektron hisoblash mashinalari va boshqa keng koʻllanilmoqda. M. sohasida ilmiy va amaliy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologik Bosh boshqarmasida, OʻzMUningOʻzbekiston milliy universitetining fizika va geogr. fakultetlari va boshqalarda olib borilmoqda.
 
== Adabiyot ==