Moldova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 27:
Sanoati’. Oziq-ovqat sanoatida mevasabzavot konservalari tayyorlash, vinochilik, qand-shakar, yogʻmoy ishlab chiqarish asosiy tarmoqlardir. Ogʻir sanoat maj-muasida mashinasozlik, elektron, kimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Yengil sanoat (tikuvchilik, toʻqimachilik va boshqalar) tarmoqlari x.am mavjud. Konserva sanoatida 20 dan ortiq korxona bor, ular meva va sabzavotdan 100 xildan koʻproq konserva tayyorlaydi. Qand-shakar sanoati mamlakatning shimolida joylashgan. Tamaki-fermentatsiya, parfyumeriya, farmatsevtika va qandolatchilik, shuningdek, goʻsht, moy-pishloq, un-yorma sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari avtomatlashtirish vositalari, temirchilik-press mashinalari, oziqovqat sanoati uchun texnologiya uskunalari, elektr yuk ortkichlar, traktor, qishloq xoʻjaligi mashina-mexanizmlari, nasoslar, oʻzgaruvchan tok elektr dvigatellari, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari, past voltli elektr apparatlari, kabel ishlab chiqaradi. Sunʼiy teri, rezinatexnika buyumlari, lok-boʻyoq, kimyo, biokimyo, binokorlik ashyolari, oʻrmon va yogochsozlik, poligrafiya korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 15,7mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
 
Qishloq xoʻjal igida tokchilik va bogʻdorchilik yetakchi oʻrinda. Uzumning xoʻraki va vinobop turlari yetishtiriladi. Moldova janubiy va shimolida .kungaboqar ekiladi. Tamaki esa shimoliy va markaziy tumanlarda oʻstiriladi. Gʻallachilikning makkajoʻxori hamda bugʻdoy yetishtirish tarmoqlari rivojlangan. Sabzavot va rezavor meva yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi.
 
Mamlakat mustaqillikka erishgach, xoʻjalikda bozor iqtisodiyoti shakllarini joriy etishga kirishildi, jumladan, davlat korxonalari xususiylashtirila boshladi, xususiy, qoʻshma korxonalar barpo etildi. Qishloq xoʻjaligida dehqon (fermer) xoʻjaliklari tuzish uchun yerlarni xususiy mulk qilib berishga kirishildi.