Naturalizm: Versiyalar orasidagi farq

1 bayt olib tashlandi ,  4 oy oldin
k
(via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
k ((via JWB))
Naturalistlarning ayrim tasvir prinsiplariga, insonni axloqiy jihatdan yalangʻoch holatda koʻrsatishlariga, tasvir obʼyektini tanlashga ehtiyoj yoʻqligi xususidagi qarashlariga tanqidiy munosabatlar bildirilgan. Ayni chogʻda, ushbu oqimning dunyo ada-biynazariy tafakkuri tarixidagi mavjud voqelik ekani tan olingan; mavzu doirasining kengligi, yangicha tasvir usullari, shaxs va olomon munosabatlarini oʻrganganlari ijobiy hodisa sifatida baholangan.
 
Fransuz adabiy muhitida paydo boʻlgan N. taʼsiri, maʼlum vaqt oʻtgach, boshqa mamlakatlarda ham sezilgan. Jumladan, N.ning Germaniyada A. Xols, G. Gauptman, Angliyada J.Mur, JTissing , AQShda S.Kreyn, F.Nor-ris, X.Garlend kabi namoyandalari bor edi. Garchand Rossiya adabiy muxitida "naturalizm" atamasi bevosita qoʻllan-magan boʻlsa ham, bu oqim taʼsiri D.Ye. Maminsibiryak, P. D. Boborikin ijodida seziladi. N.ga xos ayrim unsurlar boshqa ijodiy metodlar asosida yozilgan turli badiiy asarlarda ham uchrashi mumkin.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==