Opera: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 4:
'''Opera''' (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. O. qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. O.ning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. O.dagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya ja-rayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. O.da orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalar)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. O.ning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq.
 
O. sanʼatning alohida turi sifatida 16-asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. O. keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivo-ji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan O.-seria — jiddiy O. (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada O.si (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa 18-asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish 19—20-asrlarda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, [[Belarus]], Rossiya va boshqalarda koʻpaydi. 19-asrda romantik O. rivojtopdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va boshqalar), yangi milliy O. maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar). 20-asrda O.— oratoriya (A. Onegger), O.—kantata (K. Orf), kamer O. (F. Pulenk), qoʻshiq O.si (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, O. janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg , A. Berg , neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va boshqa O. sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi.
 
Oʻzbekistonda O. janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz O.sining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-asrning oxiri—20-asr boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 yillarda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) O. truppalari gastrolga kelgan. 1918-yildan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan. 1929-yilda M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahna-sida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — "Er Targʻin" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939-yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Boʻron" O.si bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek", 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz O. namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin", 1947 va boshqalar) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil O.lari paydo boʻldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (S. Boboyev), "Xorazm qoʻshigʻi" (M. Yusupov) va boshqa Birinchi oʻzbek hajviy O.si "May-saraning ishi" (S. Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar O.sidir.