Oʻqtoyxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 1:
'''Oʻqtoyxon''', Oʻqtoy qoon, Oʻgedey, Ugedey ([[1186]]–[[1241]].[[11-iyul|11.7]]) – [[Moʻgʻullar davlati]] ulugʻ [[qoon]]i (1229–1241.11.7); [[Chingizxon|Chingizxot]]sht 1xotini, yaʼni [[qoʻngʻirot (qabila)|qoʻngʻirot]] [[urugʻ]]ining koʻzga koʻringan vakili Day noʻyon qizi Boʻrta Fujindan tugʻilgan 3oʻgʻil. Moʻgʻullar tomonidan 1219–20 yillarda [[Movarounnahr]]ning zabt etilishida faollik qoʻrsatgan (qarang [[Urganch mudofaasi]]). Chingizxon hayotligida Oʻ.ni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Chingizxon oʻlimidan 2 yil oʻtgach, 1229-yilda [[Joʻjixon]] oʻgʻlonlari, [[Chigʻatoy]] va [[Tulixon]] farzandlari hamda Bilgaday [[noʻyon]] va Ilchidoy noʻyon singari arkoni davlat ishtirokida chaqirilgan buyuk qurultoyda Oʻ. ulugʻ qoon (bosh hukmdor) etib saylangan. Oʻ hukmronligi davrida Shim.Shimoliy Xitoy butunlay moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan va qoon Maxmud Yalavochta bu yurtni boshqarishni topshirgan. Oʻ. [[Xitoy]]ni zabt etib qaytgach, 1235-yil Joʻjixonning toʻngʻich oʻgʻli [[Botuxon]] boshliq chingiziy xonzodalarni [[Dashti Qipchoq]], [[Bulgʻor]], [[Rus (davlat)|Rus]], [[Alaniya]], [[Mojariston]], [[Cherkaslar|Cherkes]], [[Boshqirdlar|Boshqird]] va boshqalar ellarni bosib olish uchun yuborgan. Ushbu harbiy yurishlar 1240-yilning iyunigacha davom etgan. Bu davrda [[Qoraqurum]]nn obod qilish ishlari amalga oshirilgan. Xitoydan keltirilgan ustalar va naqqoshlar yordamida qoʻrkam koʻshklar, binolar quriladi. Xitoydan Qoraqurumgacha boʻlgan masofada bir-biridan uzoqligi taxminan 30 km dan iborat 37 yomxona bunyod etilgan. Moʻgʻullarning yurishi vaqtida vayronaga aylangan [[Hirot]] [[shahar|shahri]]ni qayta tiklashga muvaffaq boʻlingan, aholi roʻyxatga olingan. Moʻgʻulistonning bir qismi, [[Jungʻariya tekisligi|Jungʻoriya]] va Xitoyning bir qismi Oʻ. tasarrufida boʻlgan. Ayshu ishratta berilish, haddan tashqari koʻp sharob ichish oqibatida Oʻ. 1241-yilning 11-iyulida vafot etgan. Taxt maʼlum muddatga uning bevasi Turakina xotun qoʻliga oʻtgan.
 
== Adabiyot ==