Paleolit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
k (via JWB)
Qator 4:
'''Paleolit''' ({{lang-grc|παλαιός}} [paleo]... va {{lang-grc2|λίθος}} [lithos] — [[tosh]]) — qadimgi. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: Paleolit — paleolit (qadimgi) va [[neolit]] — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865-yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. Paleolit quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. Paleolit eng qad. ibtidoii odamlarning kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. Paleolit davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
 
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari Paleolitning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davo-mida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-asrning 2yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik izlanishlar va kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk Paleolit davriga mansub qator noyob yodgorliklar topilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam — yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk Paleolit davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-Sharqiy va Jan.Janubiy Osiyo hamda [[Oʻrta Osiyo]] va [[Yevropa|Yevropaning]] jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan "Xomo xabilis", yaʼni "ishbilarmon odam" deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5 — 2 mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk Paleolit davrida eng kad. odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan.
 
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar [[Pitekantroplar|pitekantrop]] va [[sinantrop]]larga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
 
Ilk Paleolit yodgorliklari [[Oʻrta Osiyo]]da [[Fargʻona vodiysi]]ning Soʻx soyi sohilida joylashgan [[Selungʻur gʻori]], Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, [[Koʻlbu[[loq manzilgohi]]da, Jan.Janubiy Tojikistonning Koʻldara va Jan.Janubiy Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub [[Koʻlbu[[loq manzilgohi]]da eng qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk Paleolit odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida guvohlik beradi (qarang [[Koʻlbu[[loq manzilgohi]]). Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qad. odamlar yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.
 
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari borasida fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi sifatida talqin etilmoqda.