Paleoosiyo tillari: Versiyalar orasidagi farq

k
(via JWB)
k (→‎Manbalar: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish))
k ((via JWB))
Paleoosiyo tillarining tashqi genetik aloqalari, bir qator faraziyalar mavjud boʻlsada, hanuzgacha aniqlanmay qolmoqda. Bu tillarning tipologik tavsifi turlicha boʻlsa ham, ayrim oilalar oʻrtasida struktur-tipologik oʻxshashlik belgilari kuzatiladi. Paleoosiyo tillari agglyutinativtillardir: baʼzilarida suffiksal, baʼzilarida suffiksal-prefiksal agglyutinatsiya mavjud. Leksikada turmushdagi narsa-buyumlarning nomlari, kasb-hunar, xoʻjalik faoliyatini aks ettiruvchi soʻzlar koʻp; rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.
 
Paleoosiyo tillari haqidagi koʻplab maʼlumotlar 18-asrda turli olimlar va missionerlar tomonidan toʻplangan; bu tillarni ilmiy oʻrganish 19-asrda rus va garbiy yevropalik olimlarning asarlari bilan boshlangan. Ushbu tadqiqotlar va keyinchalik amerikalik, kanadalik va yaponiyalik olimlarning bu soxadagi izlanishlari nafaqat tilshunoslik uchun, balki Yevrosiyo va Shim.Shimoliy Amerika tarixida kadimdan davom etib kelayotgan murakkab etnolingvistik jarayonlarni tushuntirishga intilayotgan boshqa fanlar uchun ham katta qiziqish uygʻotadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==