Parana: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
cat.
k (via JWB)
Qator 1:
{{Maʼnolari|Parana (maʼnolari)}}
'''Parana''' (guarani indeyslari tilida — katta daryo) — Jan.Janubiy Amerikadagi dare, kattaligi boʻyicha qitʼada Amazonka daryosidan keyin 2-oʻrinda. Braziliya va Argentina hududlarida, qisman Argentina bilan Paragvay chegara-sidan oqadi. Uz. 4380&nbsp;km, havzasining maydoni 2663 ming km² (Urugvay daryosi bilan birga 2970 ming km²). Riograndi va Paranaiba daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Braziliya yassitogʻligidan boshlanadi. P.da ostona va sharshara koʻp. Dare Parana lavali platosini kesib oʻtgach, Posadas shahri yonidan boshlab La-Plata payettekisligidan oqadi. Quyi qismida Urugvay daryosi bilan qoʻshilgach, Atlantika okea-nining La-Plata qoʻltigʻi (estuariysi)ga kuyiladi. Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlin suv davri yanvar—may oylariga toʻgʻri keladi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 17,5 ming m³/s, maksimali 30 ming m³/s. Dare yiliga okeanga 552&nbsp;km{{sup|3}} (Urugvay daryosi bilan birga 725&nbsp;km{{sup|3}}) suv, 150 mln.t gacha oqiziq keltiradi. Posadas shahrigacha kema katnaydi. Yirik GES va suv omborlari qurilgan. P. buyida Posadas, Korriyentes, Santa-Fe, Parana, Rosario; La-Plata estuariysi sohilida BuenosAyres va Montevideo shaharlari joylashgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==