Piyoz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 16:
| binomial_authority =
}}
'''Piyoz''' ({{lang|la|''Allium''}}) — [[loladoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub ikki yillik va [[koʻp yillik oʻtlar|koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar]] [[turkum]]i, sabzavot va manzarali ekin. Shim.Shimoliy yarim sharda 500 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i maʼlum. Eng koʻp turlari [[Oʻrta Osiyo]], [[Kavkaz]], [[Sharq]]iy [[Sibir]]da, kamroq turi [[Yevropa]]da va [[Uzoq Sharq]]da uchraydi. [[Oʻzbekiston]]da P.ning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom P. (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, havorang P. (gulpiyoz), yovvoyisarimsoq P., sarimsoq P. (sarimsoq), Shubert P.i (choʻchqa piyoz), qoratov piyozi (choʻchqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon P., Seversov P. i kabi 15 yovvoyi turi usadi. Asosan, 6 turi — osh P. (vatani Oʻrta Osiyo va [[Afgʻoniston]]), batun P. (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey P. (vatani [[Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasi|Oʻrta dengiz boʻylari]]) va boshqa ekib yetishtiriladi.
 
Eng koʻp tarqalgan turi osh P. ({{lang|la|''A. cepa'' L.}}) tuproq unumdorligiga gʻoyat talabchan, sovuqqa chidamli va oʻta namsevar sabzavot ekini. Oʻrta Osiyodan tashqari [[AQSH]], [[Bolgariya]], [[Ispaniya]], [[Misr]], [[Fransiya]], [[Italiya]] va [[Yaponiya]]da koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda 2 yillik, ayrim mamlakatlarda 2 va 4 yillik ekin. P. boshlari yapaloq, uzunchoq yoki yumaloq. Tarkibida (navlariga qarab) 2,4—14% qand, 2—13,9 mg% S vitami-ni, efir moyi, bargida esa 19—57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V,, V2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va boshqa bor.
Qator 22:
P. boshi [[poya]]sining shoxlanishiga qarab kam, oʻrtacha va kup uyali navlarga ajratiladi. Kam uyali [[nav]]lar 1, ayrim hollarda 2, oʻrta uyali navlar 2— 3, koʻp uyali navlar 5 va undan kup piyozboshlar hosil qiladi. Taʼmiga kura, osh piyoz navlari achchiq, yarim achchik va chuchuk turlarga ajratiladi.
 
P., asosan, ovqatga ishlatiladi. Tabobatda oshqozon-ichak, nafas organlari va yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osh P. bir yoki bir necha generativ va vegetativ kurtaklar joylashgan qisqa poyadan iborat. Guli ikki jinsli. Il-dizi popuk ildiz. Urugʻi uch qirrali, 1000 donasi 2,5—4 g . P. janubiy, gʻar-biy, sharqiy kenja turlarga boʻlinadi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston janubida janubiy va, qisman, gʻarbiy kenja turga oid mahalliy navlar tarqalgan. Bularga Andijon oq P.i (yirik, oq), Samarqand qizil 172 P.i (dumaloqyassi, qizil), margʻilon P.i yoki tuxum P. (choʻzik, tuxumsimon, oq), Qoratol P.i( dumalok, tillarang), Farobi (yirik, dumaloqyassi, oq), Kaba 132 (yirik, dumaloq, jigarrangsarik), Tungani-56 (dumaloqyassi, toʻq binafsharang) va Ispan 313 (yirik, dumaloq, och sarik) P.lari va boshqa kiradi.
 
Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda 1-yili dalaga urugʻi sepilib, isteʼmol uchun osh P. (boshpiyoz) olinadi. 2-yili bosh P. ekilib, urugʻ olinadi. Oʻzbekiston sharoitida P. ekiladigan yer iloji boricha begona oʻtlar chiqmaydigan qilib tayyorlanadi, kuzgi shudgor erta oʻtka-ziladi, kultivatsiya qilinadi, mola bosiladi. P. ekiladigan yerning gektariga 20—25 t chirigan goʻng , texnologiya talablariga koʻra mineral oʻgʻitlar solinadi. Oʻrta Osiyoda P. 3 muddatda: erta koʻklamda (fev. oxiri — mart boshlari-da); yozkuzda (avg . oxiri — sentabr boshlarida) va kech kuzda (noyab.da, "toʻqson bosdi") ekiladi.
 
P. sabzavot va dala almashlab ekish tizimida yetishtiriladi. Eng yaxshi oʻtmishdoshlar — karam, pomidor, bodring , kuzgi don ekinlari angʻizi, kartoshka. Oʻsuv davrida oziklantiriladi, sugʻoriladi (yer osti suvlari chukur joylashgan boʻz tuprokli yerlarda 12, oʻtloqibotqoqi tuproklarda 7—8-marta), qoʻlda yoki kimyoviy usulda oʻtoqqilinadi. Sentabr oxiri — okt.oktabr boshlarida qazilib, avval dalada, keyin usti yopiq joylarda kuritiladi, saralanadi, har xil chiqitlardan tozalanadi. Hosildorligi 120 dan 400—600 s/ga. Urugʻ olishda saralangan, navdor P. boshi (noʻsh) egatlarga ekiladi. Mayda P. boshchalarini noʻsh qilib erta bahorda koʻkpiyoz va yoz boshida bosh piyoz olish uchun P. boshi (noʻsh) kdsaladi- P. urugʻi iyun oxiri — iyul boshlarida yetiladi. Gektaridan oʻrtacha 3—5 s, ayrim xoʻjaliklarda 10 s gacha urugʻ olinadi.
 
Asosiy zararkunandal ar i: P. pashshasi, tamaki shirasi, P. parvonasi; kasal l ikl ar i : boʻyin chirishi, soxta kul, k°RakUya> virus kasalliklari.