Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k (via JWB)
Qator 7:
M.da odamlar paleolit davridan boshlab yashaganlar. Miloddan avvalgi 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar boʻlib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4ming yillikda M. xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.
 
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib’chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shim.dashimolida Quyi Misr, jan.dajanubida Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), Oʻrta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
 
Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, maʼmuriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga — liviyaliklarga va Sinay ya.o.dagiyarim oroldagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan.
 
Qad. podsholik davrida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
Qator 15:
Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda M. oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. taxminan 2050-yil Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar M.ning poytaxtiga aylangan.
 
Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, jan.dajanubida — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-asrning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun shahri M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada taxminan 1750-yil mamlakat yana parchalanib ketgan. taxminan 1700-yil M.ga shim.-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 yil egallab turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxminan 1580-yil giksoslarni M.dan quvib chiqargan. Shundan soʻng tiklangan M. davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan, metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli bilan xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shim.dashimolida Suriya va Falastinni, jan.dajanubida — Kushning bir qismini M.ga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan. Amenxotep III davrida (15-asrning 2-yarmi) M. oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan. Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va boshqa olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan. Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hozirgi Al-Amarna) koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-asrning 1-yarmida u shim.dagishimolidagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng firʼavnlardan Tutanhamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Miloddan avvalgi 13-asrning 2-yarmi —12-asr boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida "dengiz xalqlari" va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.
 
Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (miloddan avvalgi taxminan 1070-yil) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.
 
Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-asrning 2-yarmi —10-asr boshida M.ning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-asr oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari M.ni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Miloddan avvalgi 8-asr 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), miloddan avvalgi 671 yil esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va miloddan avvalgi 525 yil [[Ax]]om[[aniylar]] davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Miloddan avvalgi 331 yil Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida M.ni bosib olgan. Shundan soʻng M. ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya shahri eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. M.da hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxiriga kelib ishlab chiqarish pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng M. koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. M. zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu M.ni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi).tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada miloddan avvalgi 30 yildan M. — Rim viloyati. Milodiy 395 yil Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619 yil Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, M.ni bosib olgan. 639—642 yillarda M.ni arablar zabt etgan. M.ning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang .
 
Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (miloddan avvalgi 28—26-asr oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (miloddan avvalgi 26—25-asrlar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (miloddan avvalgi 25—23-asr oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (miloddan avvalgi 23—22-asr oʻrtalari). 10sulola (miloddan avvalgi 22—21-asr oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.
Qator 31:
Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (miloddan avvalgi 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, soʻngra dehqonchilikka oʻtishi bilan tosh, suyak va yogʻochdan ishlangan dastlabki qishloq xoʻjaligi asboblari— choʻkich, oʻroq va boshqa paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo boʻlgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy sanʼat asarlarini yaratganlar. Sunʼiy sugʻorishdan keng foydalanilgan, kanal va toʻgʻonlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chigʻir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo boʻlgan.
 
Qad. Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Firʼavnlar saroyi va qalʼalar qurilishida xom gʻisht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag , havoza yordamida koʻtarganlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bogʻlangan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik haritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. M.liklar planimetriya, ayniqsa, [[stereometriya]] sohasida bilimli boʻlishgan; toʻgʻri toʻrtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, oʻrim, qurgʻoqchilik) va 12 oyga boʻlingan. Har oy 30 kundan iborat boʻlgan, yil oxirida qoʻshimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar yili oʻrtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qoʻyganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushboʻyliklar, doridarmonlar, boʻyoqlar va boshqalarni tayyorlashgan.
 
M.liklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qoʻshgan. Yunonlar M.ni qad. donishmandlar yurti deb, M.liklarni esa oʻz ustozlari deb hisoblab kelishgan.