Qogʻoz: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) →top: Bot v1: Tuzatishlar |
k (via JWB) |
||
Qator 5:
'''Qogʻoz''' — asosan, oʻsimlik tolalaridan tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil jinsdagi daraxt yogʻochi va bir yillik oʻsimlik sellyulozasi hamda yogʻoch massasidan ishlanadi. Q. massasiga oʻsimlik tolalaridan tashqari turli qoʻshimcha (toʻldirgich)lar, mas, oq tus beradigan, zich, silliq qiladigan, boʻyoq olish xususiyatini yaxshilaydigan mineral moddalar (kaolin, talk va boshqalar); siyohni yoyiltirmaydigan yoki qogʻozni puxta va zich qiladigan yelimlovchi materiallar (kani-fol yelimi, kraxmal, smola va h.k.); boʻyagichlar, kimyoviy tolalar va boshqa qoʻshiladi.
Q. dastlab (2-asr) Xitoyda olingan. Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib, Q. olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-asrlarda Q. ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi. 7-asrning boshlaridan — 19-asrning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab chiqarilgan Q. Turkistondagina emas, balki qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. Keyinchalik Q. tayyorlash arablar orqali Eron,
19-asr 60-yillarida Q. mashinasi deyarli hozirgi Q. mashinasi kabi qismlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik Q. mashinasining barcha qismlari takomillashtirildi. Q. ishlab chiqarish tezligi oʻnlarcha marta oshi-rildi. Latta xom ashyosi oʻrniga yogʻoch sellyulozasi tolalari ishlatiladigan boʻldi. Qadimgi roll mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish appa-ratlariga almashtirildi. Sintetik polimer smola va tolalar borgan sari koʻproq ishlatiladigan boʻldi va Q. ishlash texnikasi takomillashtirildi (qarang [[Sellyuloza]]).
|