Qonun (huquq): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 12:
3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar);
 
4) [[Qoraqalpogʻiston|Qoraqalpogʻiston Respublikasining]] Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining , butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi.
 
Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qator 20:
Qonunning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon boʻladi: Qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata olmaydi; boshqa barcha normativ-huquqiy aktlar Qonunga qatʼiy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; bironbir qonunosti normativ-huquqiy akt, yaʼni, qonunga asoslangan hujjat Qonunga zid boʻlsa, u Qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; Qonunni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qoʻshimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas.
 
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning , huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish yoʻnalishlari va dasturiy vazifalari oʻz aksini topadi.
 
{{no iwiki}}