Rio-de-Janeyro: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
k (via JWB)
Qator 42:
Rio deyarli ikki asr Braziliyaning poytaxti boʻlgan: 1763—1815-yillarda [[portugaliya|portugal]] mustamlakasi paytida, 1815—1821-yillarda Portugaliya, Braziliya va Algarves Birlashgan Qirolligi paytida, hamda 1822—1960-yillarda mustaqil Braziliyada. Shaharga ''Cidade Maravilhosa'' ("Ajabtovur Shahar") degan laqab qoʻyilgan.
 
'''Rio-de-Janeyro''' — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, Atlantika okeanining Guanabara buxtasining gʻarbiy sohilida. RiodeJaneyro shtatining maʼmuriy markazi. Iqlimi tropik iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 26°, iyulniki 2G. Yillik yogʻin 1000&nbsp;mm dan ortiq. Aholisi 5,85 mln. kishi (2000). Atrofidagi shaharlar bilan Katta R.deJ. aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Shaharga bu yerga ilk bor 1502-yil 1 yanvda kelgan portugallar tomonidan 1565-yilda asos solingan va R.deJ. — Yanvar daryosi deb atalgan. Sababi ular Guanabara buxtasini nomaʼlum daryoning kuyilish joyi deb hisoblaganlar. 1531-yilda bu yerda fort qurilgan. Uzoq mudsat kichikroq qishloq boʻlgan. 17-asr oxiridan shahar tez oʻsa boshladi. 18-asr oʻrtalarigacha Jan.Janubiy Amerikaning qul savdosi markazi edi. 1763-yildan Portugaliya mustamlakasi boʻlgan Braziliya vitsekirolligi, 1822—89 yillarda Braziliya imperiyasi, 1889 — 1960-yillarda Braziliya Federativ respublikasi poytaxti. R.deJ. — mamlakatning yirik tashqi savdo portlaridan. Chetga kofe, shakarqand, teri, qimmatbaho yogʻoch, ruda, paxta, meva chiqariladi, chetdan kumir, neft, sement, mashinalar keltiriladi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari shaharni sohilboʻyi va ichki rnlar bilan bogʻlaydi. R.deJ. — iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatning SanPaulu shahridan keyin 2oʻrindagi savdo-sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziqovqat, farmatsevtika, toʻqimachilik, kimyo, metallurgiya, poligrafiya, elektrotexnika, mashinasozlik sanoatlari. Neft kimyosi, kemasozlik rivojlangan. Yogochsozlik, mebel, koʻnpoyabzal, rezinatexnika, tikuvchilik, zargarlik buyumlari i.ch. korxonalari bor. R.deJ. mamlakatning yirik madaniy markazlaridan. Braziliya fanlar akademiyasi, Braziliya filologiya akademiyasi, Tibbiyot milliy akademiyasi, 6 unt, milliy kutubxona, rasadxona, teatrlar, muzeylar: milliy, nafis sanʼat, tarix, Braziliya geografiyasi va boshqa, botanika va hayvonot boglari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, ratusha, cherkov, ibodatxona, saroylar saqlangan. Sohil boʻyida zamonaviy uslubda qurilgan otel va pansionat koʻp. Shaharda dunyoda eng katta Marakanya stadioni kurilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==