48 952
ta tahrir
Tahrir izohi yoʻq |
k ((via JWB)) |
||
'''Sabuktegin''', Sabuqtakin, Abu Mansur Nosiruddin vaddavla Sabuktakin (940, [[Issiqkoʻl (koʻl)|Issiqkoʻl]] atrofidagi Barsxon [[shahar|sh.]] — 997, [[Balx]]) — davlat arbobi va sarkarda, turkiy gʻaznaviylar sulolasi va [[Gʻaznaviylar davlati|Gʻaznaviylar davlati]] asoschisi.
S. asli [[qarluqlar|qarluq]] turklaridan boʻlib, uning otasini Qora Bajkam (turkcha Qora Hoʻkiz; asl ismi Juk) deyishgan. Oʻzaro urushlarning birida oʻsmir S. asir tushgan. [[Tarix]]chi [[Bayhaqiy Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib|Bayhaqiy]]nknt yozishicha, Nasr hoji nomli quljallob tomonidan u [[Buxoro]] [[bozor]]idan sotib olinib, [[Juzjon]] (Gʻuzgʻonon)ga olib kelingan hamda [[Nishopur]]da [[somoniylar]]nknt Gʻaznadagi noibi [[Alptegin]]ta sotib yuborilgan. S. dovyurakligi va jasurligi bois Alptegin huzurida mavqei tez oshib, uning qiziga uylangan (bu nikoxdan uning valiahdi Ismoil tugʻilgan. [[Zobuliston]] hokimining qizi boʻlgan xotinidan esa Mahmud dunyoga kelgan). Hindistonga qilingan bir qancha yurishlarda faol qatnashgan. Oddiy gʻulomlikdan sipohsolor darajasiga koʻtarilgan. Alptegin vafot etgach (963), Somoniylarning Gʻaznadagi noiblari huzurida xizmat qilgan. [[Qoʻshin]]ning talabiga koʻra, Gʻazna viloyati amiri boʻlgan (977 y. 1 mart). Bu davrda Gʻazna viloyatiga Bust, Gardiz, [[Parvon]], [[Kobul (shahar)|Kobul]], [[Zamindovar]], Kusdar, [[Bomiyon]], [[Toxariston|Tohariston]], [[Hirot]] va Gʻur viloyatlari qoʻshib olingan.
S. bilan somoniylar amiri [[Nuh ibn Mansur]] oʻrtasida [[Kesh]] va [[Naxshab]]da oʻzaro uchrashuv boʻlib, unda S. somoniylarni qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bergan. Gardiziynchnt yozishicha, S.ning 20 ming kishilik qoʻshini somoniylarning Xurosondagi noibi isyonkor Abu Ali Simjuriy ([[Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim|Abulhasan Simjuriy]]ning oʻgʻli) va Foyiq askarlariga Hirot atrofida kuchli zarba bergan (994).
== Manba ==
* AbulFazl Beyhaqi, Istoriya Mas’uda (10301041), T., 1962, M., 1969;
* Abu Sa’id Gardizi
== Adabiyot ==
|