Saʼdiy Sheroziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Qator 25:
Sharq xalqlari orasida Shayx Saʼdiy nomi bilan mashhur. Otasi Sheroz otabegi Saʼd binni Zanjiyning mulozimlaridan boʻlgan. Otadan yosh yetim qolgan S. boshlangʻich maʼlumotni tugʻilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalikning poytaxti, ilm va madaniyat markazi boʻlgan Bagʻdodda davom ettirgan. "Nizomiya" va "Mustansiriya" madrasalarida diniy, filologik, tabiiy va aniqfanlarni oʻrgangan. Oʻz davrining dongdor mutasavvifi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy qoʻlida tahsil olgan.
 
Madrasani tugatgan S. Sharq mamlakatlari boʻylab 20 yillik sayohati davomida, Kichik Osiyo ya.o.yarim orol, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni baʼzan ulovda, baʼzan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar bilan kechgan bu sayoxatlarida S. hayot ilmini chuqur oʻrganib, inson feʼlini butun murakkabligi bilan anglab, oʻz davrining koʻpni koʻrgan donishmand kishisi boʻlib yetishgan. 13-asr oʻrtalarida Sherozga kaytib kelgan S. dunyo tashvishlaridan oʻzini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan.
 
[[Fayl:Aramgah-e-saadi shiraz.jpg|thumb|Sheroz shahridagi Sa'diy maqbarasi]]