Shashmaqom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shashmaqom''' ({{l6e|uz|shashmaqom|tg|шашмақом|fa|شش‌مقام}}) — Tojik, oʻzbek, qoraqalpok va buxoro yahudi xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Sh. milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.
 
Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida Sh. uzilkesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, FargʻonaToshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Sh. taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Sh. tarkibida bizgacha yetib keldi.
Qator 30:
shahrini ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota Gʻiyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi ("Shashmakom, Shest muzmkalnix poem", M. — Buxoro, 1924). Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy tarixchasi" (M., 1925), Fitratning "Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi" (Samarqand — T., 1927) risolalari 20-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari boʻlib, qimmatli maʼlumotlarga ega. shahrini oʻrganishga, ayniqsa, 1950-yillardan koʻproq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub "Maqomlar masalasiga doir" (T., 1963) tadqiqoti oʻzbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga koʻtardi. Tojikistonda B. Fayzullayev, Sh.Sohibov va F. Shahobovlar oʻz ijrolarida notaga olib, V.M.Belyayev tahriri ostida shahrining 5 jildini nashr ettirdilar ("Shashmaqom", M., 1950—67). Oʻzbekistonda Sh. ni Yunus Rajabiy oʻzi va boshqalar sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — "Oʻzbek xalq musiqasi" (V j., T., 1959) va "Shashmaqom" (I—VI j. lar, T., 1966—75) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent konservatoriyasida "Sharq musiqasi" kafedrasi (1972-yil), u asosda "Musiqiy sharqshunoslik" va "Anʼanaviy ijrochilik" (1992-yildan) kafedralari orqali shahrini ilmiy oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish oliy, oʻrta maxsus hamda boshlangʻich taʼlim bosqichlarida yoʻlga qoʻyildi. 1983-yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991-yildan Yu.Rajabiy nomida) muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
 
Oʻzbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Sh., oʻz navbatida, zamonaviy musiqa sanʼati rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz ijodida shahridan keng koʻlamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Bulardan M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Jabborov, T.Jalilov, D.Zokirov, S.Kalonov, Yu.Rajabiy, T.Sodiqov, Fahr.Sodiqov, M.Tojiyev, O.Hotamov va boshqalar yaratgan ashula, romans, xor, simfoniya va opera asarlarida maqomlar salohiyatini oshirishda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi tomonidan "Shashmaqom" filmi suratga olingan (1972, rej.rejissyor T.Akromov).
 
Hozirgi davrda Oʻzbekiston boʻylab shahrini ijro etishga ixtisoslashgan professional ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy oʻzlashtirish hamda targʻib etish borasida samarali faoliyat koʻrsatmoqdalar (qarang [["Maqom ansambli"]]).