Sloveniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 6:
 
== Tabiati ==
S. — asosan, togʻli mamlakat. Shimoli-gʻarb va shimolida Sharqiy Alp tizmasi, janubida Dinara yassitogʻligining shimoliy chekkasi, janubi-gʻarbda gʻaroyib gʻorlari bilan mashxur boʻlgan Karst platosi bor. SharkdaSharqda va Adriatika dengizining Triyest qoʻltigʻi sohilida chogʻroq pasttekisliklar joylashgan. Qoʻrgʻoshinrux rudalari, simob, bir oz miqdorda qoʻngʻir koʻmir, lignit, neft, barit, binokorlik materiallari konlari mavjud. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental. Asosiy daryolari — Sava, Drava (Dunay irmoqlari). Togʻlarda muz va karst koʻllari bor. S. hududining 46% ga yaqini oʻrmon, baland togʻlarda buk va eman oʻrmonlari togʻ yonbagʻirlarida aralash va ignabargli oʻrmonlar bilan almashinadi. Kattagina maydonlar — yaylov. Hayvonot dunyosi qoʻngʻir ayiq, bugʻu, togʻ echkisi, kemiruvchilar va turli parrandalardan iborat. Triglav milliy bogʻi tashkil etilgan.
 
== Aholisi ==