Somoniylar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
k (via JWB) |
||
Qator 8:
Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan.
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, shuningdek,
Maʼmuriy boshqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari 10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.
|