Soʻz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 5:
Tilshunoslikda "S." atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik S. deb yuritiladi. Mas, "soʻz yasalishi", "yasama soʻz" birikmalarida "soʻz" xuddi shu maʼnoda qoʻllanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati tilshunoslikda s oʻ z shakl, leksema shakl yokimorfologik soʻz deb ham yuritiladi.
 
S.ning tovush va maʼno tomoni bor. Lekin har qanday tovush yigʻindisi S. boʻlavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi S. boʻlishi uchun maʼnoga ega boʻlishi, yaʼni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki birbiriga anglatishi kerak. S. maʼnosida umumiylik va yakkalikning , barqarorlik va oʻzgaruvchanlikning dialektik oʻzaro munosabati aks etadi. Maʼnoning barqarorligi oʻzaro tushunishni qulaylashtirsa, uning oʻzgaruvchanligi (S. ning anik, bir maʼnosidagi oʻzgarishlar) S. dan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi. S. ning koʻp maʼnoliligi ham aynan maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. Soʻzlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati S. maʼnosining soʻzlovchi histuygʻusini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsional jihatini tashkil etadi. S. tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim S.ning grammatik belgilariga (soʻz turkumlari), S. Yasalishi aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi.
 
Bulardan tashqari, lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmagan, lekin oʻz tovush qobigʻiga, oʻziga xos maʼno, vazifasiga ega boʻlgan, shu bilan birga soʻz yasash yoki soʻz shaklini hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham "S." deb yuritiladi. Bular yordamchi S.lar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (obbo, ehhe, voy), taqlid soʻzlar (miyov, dukurdukur, yaltyult) va modal soʻzlar (shubhasiz, demak, ehtimol)dir.