Sudan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.87.174 tahrirlari 213.230.74.84 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
k (via JWB)
Qator 9:
 
== Tabiati ==
S hududining katta qismi bal. 300–1000 m boʻlgan plato; shimolida uning talaygina qismida Liviya va Nubiya choʻllari, janubida Markaziy Afrika togʻligi (eng baland joyi — Kinyeti togʻi, 3187 m), gʻarbda Darfur va Kordofan platolari, sharqda Efiopiya togʻligining etaklari joylashgan. Kizil dengiz sohili — ensiz pasttekislik. Mis, oltin, xromit, temir, marganets rudalari, neft, marmar, gips konlari bor. Iklimi — shimolida tropik choʻl iqiimi, issiq va qurgʻoqchil, janubida ekvatorial, mussonli. Hartumda oʻrtacha temperatura yanvarda 22°, iyulda 33°. Iillik yogʻin shimolida 20 mm gacha, mamlakat oʻrta qismida .100–300 mm, janubida 1000 mm dan ortiq. Asosiy daryosi — Nil va uning irmoklari — Oq Nil va Koʻk Nil. Daryolardan ekinzorlarni suyurishda, yuk tashishda va gidroenergiya olishda foydalaniladi. S. janubidagi baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi savannalarda qizil ferralit va alferrit tuproklar, shim.roqdagi choʻlga aylangan quruq savannalarda qizilqoʻngʻir va qizgʻish qoʻngʻir tuproklar, ayrim joylarda qoramtir ogʻir tuproqlar tarqalgan. Tropik, gidromorf va allyuvial tuproqlar ham uchraydi. Janubida va togʻlarda tropik oʻrmonlar bor, baobab va akatsiya koʻp. Hayvonot dunyosi boy: kiyik, gʻizol, jirafa, fil, qoplon, arslon, begemot va boshqa, qushlardan tuyaqush, marabu, sesarka, sudralib yuruvchilardan piton, daryolarda timsoh, har xil baliklar bor. Boma, Dinder, Nimule, Sautern milliy bogʻlari, Erkovit qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
 
== Aholisi ==
Qator 25:
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% band boʻlib, eksport tushumining 95% ni taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi da foydalaniladigan 8,4 mln. gektar yerning 2,6 mln. gektari sugʻoriladigan, 5,4 mln. gektari lalmi yerlardir. Paxta eng muhim eksport ekini boʻlib (Afrikada Misrdan keyin 2oʻrin), Gezira, Oq va Koʻk Nil, Atbara vodiylarida yetishtiriladi. Kordofan platosi, Koʻk Nil va Atbara vodiylarida kunjut, Darfur va Kordofan platolarida yer yongʻoq, hamma vohalarda oq joʻxori, tariq ekiladi, shimolida xurmo yetishtirilady va makkaisano bargi terib olinadi. Texnika ekinlaridan shakarqamish va boshqa yetishtiriladi. Aqoqiyo (arab yelimi) yetishtirishda dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, tuya, xachir, yilqi va boshqa boqiladi.
 
Sanoatida mehnatga layoqatli Agʻolining 5% band boʻlib, u asosan mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash va yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Oziqovqat sanoatida yogʻ, sut, qandshakar, konserva z-dlarizavodlari, yengil sanoatda toʻqimachilik, poyabzal, paxta tozalash, shuningdek, mashinasozlik va metallsozlik, kemasozlik, neft, sement, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish. korxonalari bor. Oz miqdorda oltin, uran, xrom, temir, marganets rudalari va gips qazib olinadi. Keyingi davrda neft qazib chiqarish koʻpaydi. Dengiz suvidan tuz ajratib olinadi. Yiliga oʻrtacha 1,33 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Hartum, Omdurman, PortSudan, Atbara, VodiyMadoni. Transport yoʻli uzunligi 5,5 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 21,4 ming km. Asosiy dengiz porti PortSudan. Nil va uning irmoqdarida kema qatnaydi. Hartumda xalqaro aeroport bor. Chetga paxta, xom neft, oq joʻxori, aqoqiyo, yer yongʻoq, kunjut, chorva mollari chikaradi, chetdan mashina va uskuna, bugdoy, neft mahsulotlari, transport vositalari, doridarmon oladi. Saudiya Arabistoni, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Yaponiya, BAA bilan savdo qiladi. Pul birligi — sudan dinori.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 44:
20-asr oʻrtalaridan tasviriy sanʼatda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropacha anʼanalarni birga qoʻshish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. Abbos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetishib chikdi. S. tasviriy va amaliy sanʼatida yogʻoch va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy S. arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, janubiy xalqdarida pichoqchilik, badiiy toʻqimachilik anʼanaviy mashgʻulot hisoblanadi.
 
Musiqasi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. S. cholgʻu asboblari xilmaxil. Lirashmon torli tambur va uning turlari — kisir (nubiylarda), benebene (Gʻarbiy S.da), bangiya (Sharqiy Sda), tom (Jan.Janubiy Sda); torlikamonli umkiki, tor (toʻrtburchak doira), turli barabanlar — dolyuka (loy baraban), dingir (suv toʻddirilgan baraban), taba va boshqa Janubiy S.dagi dinka, nuer, shilluk va boshqa xalqlarning baraban ansambllari bor. Puflab chalinadigan asboblar: zumbara (metall nay), penax (qovoq poʻsti), garin (shox), qamish naylar va boshqa Gʻarbiy Sdagi koʻpgina qoʻshiqlar raqs bilan birga ijro etiladi. Xasis, jarrari, mardum raqsqoʻshiklari koʻchmanchi chorvador turmushi va mehnati bilan bogʻliq. Shuningdek, qiroat, azon, madhiya, zikr kabi janrlari ham mavjud. Mixera bitAbbud, Sharifa bitBilol kabi xonandalar vatanni, mustaqillik yoʻlidagi kurashchilarni madh etuvchi qoʻshiklari bilan mashhur boʻlgan. Keyingi yillarda mamlakat janubiy bilan shimoliy anʼanalari yaqinlashuvi natijasida turli musiqiy uslublarning oʻzaro taʼsiri kuchaydi. Milliy folklor ansambli, Musiqa va teatr instituti tashkil topdi. Musiqa arboblaridan kompozitor va xonandalar Muhammad alAmin, I. alKoshif, M. Vardi, A. Shuraxbil, kompozitor va dirijyor A. Marjonni koʻrsatish mumkin.
 
== Teatri ==